Yana is gazi va yana Jizzax: bir oilaning 3 farzandi vafot etdi, ona reanimatsiyada
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Ziyokor mahallasida uch nafar aka-uka va ularning onasi is gazidan zaharlandi. Fojia oqibatida bolalar vafot etishgan, ona – reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, baxsiz hodisa bugun, 25 yanvar kuni tong soat 5:10lar atrofida ro‘y bergan
«Vafot etgan bolalar 8, 12 va 14 yoshlarda, ularning hammasi o‘g‘il bolalar bo‘lgan. Bolalarning onasi, 37 yoshli S.A. hozir reanimatsiya bo‘limida, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqdalar», – dedi SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev.
Ta'kidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma'lumotlarning barchasi ham to‘g‘ri emas, ya'ni ular ovqatdan emas, is gazidan zaharlanib vafot etishgan.
Eslatib o‘tamiz, is gazi 9 yanvar kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ham bir oilaning 4 a'zosini hayotdan olib ketgan edi. «Ko‘kgumbaz» MFYga qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi ota-ona hamda ularning ikki farzandi halok bo‘lgan edi.
Yanvar oyida, shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanida ona va ikki yoshli farzandi, Farg‘ona viloyati Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
- Gazdan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish haqida nimalarni bilish kerak?
- FVV gaz uskunalari va isitish moslamalari bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Mavzuga oid
18:11 / 19.11.2024
Namanganda ota va uning ikki farzandi, Buxoroda ona va o‘g‘il is gazidan zaharlanib, vafot etdi
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
15:57 / 07.11.2024