Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida quyidagi lavozimlar joriy etildi:

  • hokimning tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • hokimning dasht va cho‘l hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

Shuningdek, 2026 yildan mazkur yangi hokim o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:

  • KPI ko‘rsatkichlarini belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha strategik ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlar inobatga olinadi;
  • KPI ko‘rsatkichlari strategik, hudud va tuman toifalariga ajratilib, o‘zaro mutanosibligi ta’minlangan holda ishlab chiqiladi;
  • KPI bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorlik asosiy baholash mezoni bo‘ladi.