2020 yilning 5 yanvar kuni soat 22:10larda Toşkent şahri Yunusobod tumani, Bobodehqon mahallasida yaşovçi N.I. (1987 y.t.) va farzandi D.T. (22.03.2017 y.t.) uyning yuviniş xonasidan sizib çiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etganlar.
Boş prokuratura ma'lumotida aytilişiça, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
Şuningdek, 5 yanvar kuni soat 07:00larda Andijon şahri, Andijon mahallasidagi “Halol luqma” MÇJda işlovçi Ş.N. (2001 y.t.), D.N. (2001 y.t.) va D.M. (2000 y.t.) MÇJga qaraşli bölgan dam oliş xonada uxlab yotgan vaqtlarida, xonaga örnatilgan isitiş moslamasidagi gaz öçib yonganligi natijasida is gazidan zaharlanib, şifoxonaga murojaat qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.












