Isroilda yangi hukumat tuziş jarayoni 8-noyabr kuni rasmiy bosqiçga ötdi. Şu kuni Isroil prezidenti Isxak Hersog «Yaşar» partiyasi rahbari Gadi Ayzenkotga hukumat tuziş vakolatini topşirdi.
Ayzenkot barça isroilliklar uçun hukumat tuzişga vaʼda berdi. «Milliy favqulodda hukumat tuzişimiz kerak. Ijodiy va noanʼanaviy siyosiy qadamlar talab etiladi», dedi u. 4–5-noyabr kunlari Isroil prezidenti partiyalar bilan maslahatlaşuv ötkazgandi. Unda 67 deputat Ayzenkotni, 46 deputat esa Isroilning amaldagi boş vaziri Binyamin Netanyahuni tavsiya qildi. Ultraortodoks «Birlaşgan Tavrot iudaizmi» partiyasining 7 deputati heç kimni tavsiya qilmadi. New York Times’ga köra, uşbu partiya Ayzenkot bilan murosaga tayyor bölişi mumkin.
Ayzenkotni ikki arab partiyasi – «Qöşma röyxat» va «Raʼam» ham tavsiya qildi, ammo bu ularni koalitsiyaga kirişga majbur qilmaydi. Likud eng köp örin olgan bölsa-da, qonunga köra prezident hukumat tuziş imkoniyati yuqoriroq nomzodni tanlaydi.
Saylov natijalari
Ayzenkotning vazifasini saylov natijalari murakkablaştirmoqda. Markaziy saylov komissiyasi 4-noyabr kuni tasdiqlagan rasmiy natijalarga köra, heç bir blok 120 örinli parlament – Knessetda 61 öringa yeta olmadi.

Netanyahu boşçiligidagi öng va diniy partiyalar bloki 53 örin oldi. Ayzenkot atrofidagi tört yahudiy muxolifat partiyasi 48 örinni, arab partiyalari esa rekord darajadagi 19 örinni qölga kiritdi. Likud 27 örin bilan eng yirik partiya bölib qoldi, «Yaşar» esa 21 örin bilan ikkinçi böldi. Saylovçilarning qariyb 78 foizi ovoz berdi.
Ayzenkot kim?
Gadi Ayzenkot Isroilda yaxşi tanilgan harbiy, siyosatga 2022-yilda kirgan. NYT’ga köra, 66 yoşli sobiq general marokaşlik muhojirlar oilasida tuğilgan va mamlakat janubidagi Eylat şahrida ulğaygan.











