Bugun 21 aprel kuni  Harakatlar strategiyasining 1-çoragiga bağişlangan hisobot anjumani bölib ötdi.

"Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-çorak yakunlari" anjumanida Oliy Majlis Senati, Oliy Majlis qonunçilik palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi,   Taşqi işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Markaziy bank, Oliy sud, Pensiya jamğarmasi, Adliya vazirligi,  Iqtisodiyot vazirligi, Raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi vakillari iştirok etişdi va öz sohalarida amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berişdi:

- Davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştiriş yönalişi;

- Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş yönalişi;

- Iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştiriş yönalişi;

- Ijtimoiy sohani rivojlantiriş yönalişi;

- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş yönalişi.

Joriy yilning 1 mart kuni öz faoliyatini boşlagan "Taraqqiyot strategiyasi" markazining maqsadi xalq va davlat idoralari örtasida öziga xos köprik rolini bajarişdir. Şuni ta'kidlaş joizki, davlat idoralari vakillari anjumanga ana şu markaz tomonidan olib borilgan tahliliy örganişlar, şuningdek aholidan kelib tuşgan murojaat va takliflarni inobatga olgan holda taklif etilgan.

Anjumanda köplab OAV vakillari faol iştirok etişdi va