Jamiyat | 12:48 / 19.06.2020
131318
2 daqiqa o‘qiladi

Dala maydonida Malibu'ni yoqib yuborgan shaxs ushlandi. Unga jinoiy ish ochildi

Holat yuzasidan Toshkent tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «v» bandi, 227-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Kecha, 18 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum shaxs tomonidan yoqib yuborilgan Malibu avtomashinasining videosi tarqatilib, keng muhokama qilindi.

Toshkent viloyati va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida Malibu 2ʼni yoqib yuborganlikda gumonlangan va unga aloqador bo‘lgan shaxc aniqlanib, ushlandi.

Tafsilotlarga ko‘ra, 2020 yilning 1 iyun kuni MChJ rahbari B.N. tanishi, 38 yoshli U.M.ga Malibu 2 avtomashinasini sotib berishini so‘rab, undan 5 million so‘m boshlang‘ich badal mablag‘i oladi. Shundan so‘ng, 2 iyun kuni vaqtincha Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, gulistonlik, 1994 yilda tug‘ilgan Z.B. (ayol) tanishi U.M.dan shaxsiy ishi yuzasidan mazkur avtomashina ma'lum muddatga kerakligini so‘rab, olib ketib qaytarib olib kelmaydi.

2020 yilning 18 iyun kuni soat taxminan 04:30larda Toshkent tumani Fayzobod MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydoni yaqinida, o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish maqsadida MChJ balansidagi 2019 yilda ishlab chiqarilgan qora rangli Malibu 2 rusumli avtomobilni yoqib yuborib, nobud qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB TB tomonidan fuqaro Z.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qismi «v» bandi, JKning 227-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabarida

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 