Jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudi oçiq majlisida firibgarlik, pora berişda vositaçilik, yolğon guvohlik beriş, tuhmat, öq-dorilarni öğirlaş va noqonuniy ötkaziş kabi oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir etgan, 40 yoşli R.E.ga sud hukmi e’lon qilindi.
Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan ötkazilgan tergov va sud hujjatlariga köra, sudlanuvçi 2021-2024 yillar oraliğida 13 ta holatda fuqarolarning işonçiga kirib, ularga turli va’dalar berib, yirik miqdorda mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Xususan, u avtotransport vositalarini arzon narxda olib beriş, yer maydonlari va köçmas mulklarni sotib oliş, yuqori daromadli işga joylaştiriş kabi bahonalar bilan bir neça fuqarolarning pullarini özlaştirgan.
Jumladan:
• 2021 yil 10 avgust kuni arzon narxda avtomobil olib berişni va’da qilib, tanişidan 5800 AQŞ dollari olgan va öz ehtiyojlari uçun işlatgan.
• 2022 yil 15 oktyabrda arzon narxda avtomobil olib berişni va’da qilib, oradan vaqt ötgaç maşina emas yer uçastkasi olib berişini aytib, fuqarodan 2100 AQŞ dollarini olgan.
• 2023 yil 1 oktyabrda yer uçastkasining kadastr hujjatlarini mansabdor tanişlari orqali rasmiylaştirib berişga köndirib, pora berişga dalolat qilib, jabrlanuvçidan 10000 AQŞ dollari olgan, biroq va’dasini bajarmagan.
• 2022 yil iyun oyida boşqa bir jabrlanuvçini 2000 AQŞ dollari bilan «Amirsoy» dam oliş maskanidagi 10 million söm maoşlik işga kirgiziş va Zangiota tumanidagi bir neçta yer maydonini nomiga ötkazib berişga işontirib, 28700 AQŞ dollari miqdorida pul mablağlarini özlaştirgan.
• 2023 yil iyul oyida yana bir fuqaroning işonçiga kirib, 38500 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni yer olib beriş bahonasida olib, qaytarib bermagan.
• 2023 yil 5 oktyabrda yana bir jabrlanuvçiga özining pasport nusxasiga tilxat yozib yer olib berişga işontirgan va 10000 AQŞ dollari pul mablağlarini qölga kiritgan.
• 2024 yil 25 yanvarda jabrlanuvçi ayolga Böstonliq tumanida dala hovlini ijaraga olib berişini va bu katta foyda keltirişini va’da qilib, 10000 AQŞ dollari miqdoridagi pulni qölga kiritib, va’dasini bajarmagan.
• 2024 yil 22 fevralda yaqin tanişini 20 dona «Spark» avtomobilini elektron auksion orqali arzon narxda sotib olişga işontirib, 61750 AQŞ dollarini qölga kiritib, pullarni öz ehtiyojlariga sarflagan.








