«Milliy tiklaniş» va «Adolat» partiyasi deputatlari taklif qilayotgan yangi qonun loyihasi jurnalist va blogerlarda xavotir uyğotmoqda
|02:05 / 25.02.202132 90511 min
«Milliy tiklaniş» va «Adolat» partiyalari işlab çiqqan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasi jamoatçilikda xavotir uyğotmoqda. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan bir qator jurnalist va blogerlar siyosatçilarning taşabbusidan taşvişda ekanini sözlab berdi.
Loyiha nimalarni közda tutadi?
Qonun loyihasida axborot sohasidagi bir qator harakatlar uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etilgan.
Jumladan, Jinoyat kodeksining 244-moddasida:
hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan böysunmaslikka da’vat qilganlik;
ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik;
fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga ommaviy da’vat qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etilmoqda.
Bu jinoyat uçun jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş közda tutilgan.
fuqarolarni qonunçilik talablarini bajarmaslikka yoki buzişga ommaviy da’vat qilganlik;
fuqarolarni qonunçilik talablarini bajarmaslikka yoki buzişga OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internet, matnni naşr etiş yoki boşqa şaklda köpaytiriş turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilganlik uçun –
– BHMning 60 baravaridan 80 baravarigaça miqdorda jarima solişni nazarda tutuvçi norma (201-modda 1-qism) kiritilişi mumkin.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan va öz pozitsiyasini ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirgan jurnalist va blogerlarning fikrlaridan ular bu loyihani söz va fikr erkinligiga tahdid sifatida körayotganini seziş mumkin.
Otabek Bakirov: «Tanqidçilarga, «yoqimsizlar»ga kelganda boşqa heç kimga işlamayotgan qonun va uning normalari albatta işlatiladi»
Otabek Bakirov
Telegramdagi «bankiroff» kanali muallifi, iqtisodçi Otabek Bakirovning bu qonun loyihasiga munosabati salbiy. U buni bir neçta omillar misolida tuşuntirdi.
«Birinçidan, bizda amaliyotda qonunlar köproq döstlarga emas, nodöstlarga qöllaniladi. Boşqa qonunlar, heç bir qonun işlamasligi mumkin, lekin tanqidçilarga, «yoqimsizlar»ga kelganda boşqa heç kimga işlamayotgan qonun va uning normalari albatta işlatiladi.
Mavzuga oid
Ikkinçidan, mustaqil sud mavjud emas. Ya’ni, masalan Hokimiyat vakillari talabiga böysunmaslik vaji bilan mahkama oçilganda ayblanayotgan şaxs özining aybsizligini yetarli dalillar bölgan taqdirda ham isbotlaşi juda qiyin. Sud ijro hokimiyatining bir ilovasiga aylantirilgan şaroitda bu juda katta manipulyatsiyalar yaratadi» – deydi u.
Blogerning xulosasiga köra, Özbekistonda qonunning barçaga barobarligi, mustaqil sud va barça böğinlarda saylanadigan va xalqqa hisobdor hokimiyat tizimi yaratilmagunça, Hokimiyat vakillari talabiga böysunmaslikka da’vat qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanişi – yakkahokimçilikka, özgaça fikrga nisbatan zöravonlikka va biqiqlikka tomon taşlangan katta qadam böladi.
Navbahor Imomova: «Orqaga qadamlar...»
Navbahor Imomova
«Amerika ovozi» jurnalisti Navbahor Imomova Facebook'dagi sahifasida uşbu qonun loyihasiga munosabat bildirdi (munosabatni töliq holda jurnalistning feysbukdagi sahifasida öqiş mumkin – tahr). U loyihani «orqaga taşlangan qadamlar» sifatida baholaydi.
«Orqaga qadamlar... Şu mavzuda bugun ketma-ket uçinçi postim. Oldingilari inglizça edi. Özbekiston qonunçilari va mutasaddilari izohlar berib, masalani tuşuntirişlari mumkin, eşitamiz albatta, lekin taşqaridan ham, içkaridan ham qaraganda, xavotir uyğotadigan holatni kuzatyapmiz.
«Axborot xavfsizligini» ta’minlaş uçun xalqaro media va ijtimoiy tarmoqlarga tahdid deb qaraş; odamlar qonuniy hokimiyatga qarşi boş kötarişi mumkin deb, keskin çoralar köriş – pildirab orqaga ketiş böladi.
Hammaning öz erkinlik va burçlari bor. Qonun ustuvorligi fuqaro va davlat orasida özaro işonç va hurmat talab qiladi. Ötgan yillar içida agar şunday soğlom aloqa bir qariç bölsa-da rivojlangan bölsa, şu kunlarda parlament va yuqori idoralarda ketayotgan harakatlar uni yakson qiladi», – deydi Navbahor Imomova.
Doniyor Rözmetov: «Özgarişlardagi jumlalar öta mujmal, tuşunarsiz va öta keng talqinlarni keltirib çiqaradi»
Doniyor Rözmetov
Siyosiy tahlilçi, bloger Doniyor Rözmetovga köra, kiritilayotgan özgarişlardagi jumlalar öta mujmal, tuşunarsiz va öta keng talqinlarni keltirib çiqaradi. Bu esa qator savollarni paydo qiladi.
«Özbekistonda amalga kiritiş taklif qilinayotgan qonun loyihasidan quyidagi xulosalar kelib çiqadi:
Birinçidan, ommaviy tartibsizlikka da’vat qiliş noqonuniy, ammo uni jazolaş uçun Özbekiston qonunçiligida yuridik asoslar allaqaçon mavjud. Özbekiston konstitutsiyasi va qonunlari, Inson huquqlari xalqaro deklaratsiyasi Özbekistonda namoyişlar ötkazişga ruxsat beradi va ruxsat berilmagan namoyişlarning taşabbuskorlari va ötkazuvçilari jazolanadi. Uni köçada qiladimi, ijtimoiy tarmoqlar orqali qiladimi, ahamiyati yöq.
Ikkinçidan, kiritilayotgan özgarişlardagi jumlalar mujmal, tuşunarsiz va juda keng talqinlarni keltirib çiqaradi. Bu degani isbotlaşning imkoni bölmagan holatlarda, masalan kimningdir umumiy gaplarida «ommaviy tartibsizlikka çaqiruv kördik» deb söz va vaziyatlarni özlariça talqin qilib, ayblaş va jazolaş mumkin böladi.
Uçinçidan, söz erkinligi va inson huquqlari – muqaddas tuşunçalar. Ularni çeklaş, şaxsiy ma’lumotlarini va ularning fikr erkinliklarini nazorat qilişga intiliş xalqaro huquq normalariga va Özbekiston respublikasi konstitutsiyasiga zid böladi».
Behzod Mamadiyev – AQŞ tajribasi misolida
Behzod Mamadiyev
«Amerika ovozi» media kompaniyasining boşqa bir özbek jurnalisti Behzod Mamadiyev yangi qonun loyihasi yuzasidan berilgan savolga Amerika Qöşma Ştatlarida amal qiladigan qonun misolida javob berdi.
«AQŞ tajribasida bu kabi masalalarning hammasi söz erkinligiga oid, Konstitutsiyaning birinçi tuzatişi asosida işlaydi.
Birinçi tuzatişda esa «Davlat söz erkinligi, vijdon erkinligi yoki uyuşiş va namoyiş qiliş huquqini çeklovçi qonun qabul qilişi mumkin emas», deb belgilab qöyilgan.
Bundan boşqa qonun mavjud emas: na jurnalistikaga oid, na namoyişlar yoki fikrni ifoda qiliş haqidagi boşqa harakatlarga oid.
Davlat organlari va fuqarolar orasida qandaydir kelişmovçilik paydo bölsa, buni sud hal qiladi. Sud qölida esa mana şu birinçi tuzatişdan boşqa qonuniy hujjatning özi yöq va albatta, şu işga oid ilgari körilgan sud işlari (pretsedentlar) ham hisobga olinadi.
Ya’ni söz erkinligi, vijdon erkinligi, uyuşiş va namoyiş qiliş huquqi masalalarida fuqarolarga maksimal erkinlik berilgan; ularning bu huquqlarini çeklaş imkoniyati davlat organlarida juda minimal darajaga tuşirilgan».
Anora Sodiqova:«Bu yangi çeklov va javobgarlikka ehtiyoj yöq»
Anora Sodiqova
Jurnalist Anora Sodiqovaning eslatişiça, bizda noqonuniy namoyiş uyuştirganlik va konstitutsion tuzumga qarşi çiqqanlik uçun ham (156-modda) javobgarlik bor.
«Şunday ekan, bu yangi çeklov va javobgarlikka ehtiyoj yöq, deb öylayman.
Agar hukumat xaqiqatan xalqni eşita olsa, xalq muammolari, xohişlari yuqoriga yetib borsa, norozilarni noqonuniy çiqişlariga ehtiyoj ham bölmaydi nazarimda», ta’kidladi u.
Furqat Qurbonov: «Qonun loyihasining har bir bandi va moddalari konstitutsiyaga zid bölmagan asosda işlab çiqilib, bunda fuqarolar takliflari inobatga olinişi kerak»
Furqat Qurbonov
Bloger Furqat Qurbonov ham qonun loyihasidagi mujmallik va tuşunarsiz bandlar kelgusida istalgan «qiyofa»ga kirişi mumkinligidan xavotirini bildirdi.
«Birinçidan, «qonun talablariga faollik bilan böysunmaslikka» – buni aniq belgilaydigan kriteriylari bormi?
Vatandoşlar öz huquqlaridan foydalangan holda, konstitutsiyaga zid işlardan norozi bölib, mas’ul joyga birgalikda borsa yoki boşqalarni bunga da’vat qilsa – ularga ham şu modda qöllaniladimi?
Yöq deyişga şoşilmaslik kerak. Sababi, hokimiyat vakili ularga: «Bu yerni tark eting, da’vo, arizalaringizni yozma ravişda bering», desa-yu, lekin fuqarolar bunga böysunmasa, nima böladi? Bu vaziyat şu modda qöllanilişiga asos böla oladimi?
Ikkinçidan, ommaviy tartibsizlik. Bu matnda bir qaraşda hammasi ravşandek. Lekin ommaviy tartibsizlik degan tuşunçaning özini aniqlaştirib oliş kerak. Qanday holatlar ommaviy tartibsizlikka kiradi va neça kişidan iborat jismoniy şaxslar omma hisoblanadi?
Yaqinda Toşkentda, soliq idorasi yonida bir guruh tadbirkorlar hisoblari muzlatib qöyilgani uçun yiğilib, öz noroziliklarini bildirişgani ham ommaviy tartibsizlikka kiradimi?
Uçinçidan, fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga ommaviy da’vat qiliş – bu öz-özidan jinoyat degani. Sababi, gap zöravonlik qilişga undaş haqida ketmoqda. Lekin, tuşunişimça, bu yerda gap nafaqat oddiy fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga ommaviy da’vat qilişga, balki hokimiyat vakillariga ham qarşi zöravonlik qilişga ommaviy da’vat qiliş nazarda tutilgan bölişi mumkin. Bu ham jinoyat. Sababi zöravonlik qilişga na fuqaroning, na hokimiyat vakillarining qonuniy haqqi yöq».
Qonunni çiqarayotganlar nima fikrda?
Alişer Qodirov
Kun.uz muxbiri fikr, söz va namoyiş huquqlari çeklanişi mumkinligi böyiça xavotirlarni uyğotgan mazkur qonun loyihasi yuzasidan uning hammuallif taşabbuskori – «Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirovdan ham izoh oldi.
«Xokimiyat – xalqning köp qismining işonçi orqali yuzaga kelgan vakolat. Işonç heç qaçon 100 foiz bölmaydi, albatta qarşi tomon böladi.
Bugungi tezkor-texnologik dunyoda qarşi ozçilikni norozi tödaga, tödani esa köpçilikning qarorini yöqqa çiqariş uçun qurolga aylantiriş orqali maqsadlariga erişişni örganib olgan kuçlar paydo böldi.
Bu kuçlar xuquq va majburiyatlarga, inson qadri va jamiyatlar qadriyatlariga tupurib, oldiga qöyilgan vazifani bajariş uçun hamma narsaga tayyor ekanliklarini köp bora körsatişdi va körsatişmoqda. Afsuski, mamlakatimizda siyosiy tafakkur, axborot yaratiş va uni iste’mol qiliş böyiça yuqori darajadagi madaniyatimiz bilan maqtanolmaymiz. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlar, ularni boşqaruvçi gigant IT-kompaniyalarning bu jarayonda halol va betaraf bölolmasligi körinib qolmoqda.
Şunday davrda har qanday mamlakat, amaldagi xokimiyat davlat va xalq xavfsizligini ta’minlaş uçun jamiyatning jipsligi bilan bir qatorda aniq va ta’sirçan qonunlar qabul qilişi hal qiluvçi ahamiyatga ega», – dedi siyosatçi.