1–4 sentabr kunlari Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida Islom taraqqiyot banki (ITB) boşqaruvçilar kengaşining 46-yillik yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş doirasidagi uçraşuvlarda a’zo mamlakatlardan 4100 nafar iştirokçi hamda 27 ta xalqaro va mintaqaviy hamkor taşkilotlar qatnaşdi.

Sammitda, ITB guruhi va önta a’zo mamlakat örtasida umumiy qiymati 1,2 milliard AQŞ dollariga teng 30 ta moliyaviy kelişuv imzolandi. Şundan 330 million dollariga teng mablağ Özbekiston manfaatlarini közlab sarflanadi.

Yiğilişda uçta asosiy istiqbolli mavzu körib çiqildi: (1) COVID-19 dan keyin tiklanişni jadallaştiriş; (2) kambağallik kuçayib ketişiga qarşi kuraş hamda barqarorlik va farovonlikni oşiriş; (3) a’zo mamlakatlarda «yaşil iqtisodiy ösiş»ga kömaklaşiş.

COVID-19 asoratlarini tiklaşga qaratilgan barqarorlik indeksi işga tuşirildi. Bu reyting iqtisodiy barqarorlikni qöllab-quvvatlovçi mexanizmlarni yaratişga yordam beradi.

Elektron tölov platformasi yaratildi. Raqamli platforma bank operatsiyalarining samaradorligini oşirişi va işbilarmonlik munosabatlarini amalga oşirişni soddalaştirişi közda tutilgan.

Özbekiston tomoni bilan imzolangan kelişuvlar

  • ITB iştirokida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş jamğarmasi tuzildi. Boşlanğiç kapitali 100 million dollarga teng bölgan jamğarma mablağlarining 35 mln dollari Özbekiston hukumati, 20 mln dollari ITB va qolgan 45 million dollari saudiyalik investorlar tomonidan moliyalaştiriladi. Sinov bosqiçi muvaffaqiyatli ötgandan söng boşlanğiç fond miqdori asta-sekin 500 million dollarga yetkazilişi rejalaştirilgan.
  • «Obod qişloq» dasturi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining qişloq infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça jami 200 million dollarlik qarz şartnomasi tuzildi.
  • Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi va «Trastbank» 15 mln dollarlik savdo-moliya liniyasini oçiş töğrisida kelişuvga erişdi.
  • Özbekistonda onkologik xizmatlarni rivojlantiriş loyihasini qöllab-quvvatlaş uçun 80 million dollar qarz şartnomasi imzolandi.
  • Islom taraqqiyot banki tomonidan Özbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy asoslarini işlab çiqişni qöllab-quvvatlaş uçun texnik yordam granti ajratiladi. Grant miqdori keyinçalik ma’lum böladi.