Prezident agrosanoat majmuidagi ilmiy-tadqiqot muassasalariga doir qaror imzolaydi
Agrosanoat majmuidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda sohada ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Prezidentning “Agrosanoat majmuidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda sohada ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2019 yil 17 apreldagi «Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5708-sonli farmoniga muvofiq Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi va uning ilmiy-tadqiqot muassasalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilgan.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- global iqlim va demografik o‘zgarishlar, ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish ko‘lamini kengaytirish maqsadida agrar ilm-fan sohasida mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib borish;
- sug‘oriladigan va lalmikor yerlar, tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l-yaylov hududlarining meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, maqbul almashlab ekish va ekinlar strukturasi bo‘yicha hududlar kesimida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
- tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ta'minlovchi resurstejamkor, smart, raqamli va innovatsion texnologiyalarga asoslangan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish;
- zamonaviy usullar va texnologiyalar asosida mamlakat oziq-ovqat ta'minoti barqarorligiga erishish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi, serhosil nav va duragaylarini yaratish, ularning urug‘shunosligi va birlamchi urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning bio, nano va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini qo‘llash va yangi texnika vositalarini yaratish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish, ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy etishda axborot-maslahat markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
- hududlarda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha sohada integratsiya jarayonining samarali shakllarini, mahsulot yetishtirishni diversifikatsiya qilish va transferning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
- o‘simliklarni himoya qilishning biologik va ekologik jihatdan xavfsiz uyg‘unlashgan kurash tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida mulkiy, klaster va kooperatsiya munosabatlarini takomillashtirish, ko‘p tarmoqli xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy shakllarini hamda integratsiya jarayonlarining samarali usullarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning sinalgan zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
- qishloq xo‘jaligida mavjud tizimli muammolarni bosqichma-bosqich hal etishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan yaqin va uzoq muddatli istiqbolli dastur va qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha istiqbolli texnika va texnologiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish;
- nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishni kuchaytirish, ilmiy xodimlarning ilmiy-tadqiqot natijalarini targ‘ib va joriy qilishda manfaatdorligini oshirish.
Belgilanishicha, idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, respublika ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlari Markaz tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi:
a) Markaz tizimida:
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini;
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Makkajo‘xori seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasini;
O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘limi negizida Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish;
b) Markaz tizimiga:
«O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati cheklangan jamiyatini keyinchalik uni davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etgan holda;
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etgan holda o‘tkazish.
Belgilanishicha, 2021 yildan boshlab Markaz tizimida yangidan tashkil etilgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi, Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyalarining bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirish shartlariga o‘tkaziladi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitalidagi “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining ulushini balans qiymatiga kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishini ta'minlaydi.
Quyidagilar:
a) Markaz tizimida tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalari hamda ularning yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasalari bo‘lib:
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasining;
Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Makkajo‘xori seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasining;
O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati cheklangan jamiyati huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
b) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlariga ilmiy tadqiqotlar faoliyatiga xos bo‘lmagan va ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish dasturlariga salbiy ta'sir etuvchi vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belgilab qo‘yilishicha, Markazning:
ijro etuvchi apparat xodimlariga va hududiy bo‘limlari xodimlariga – Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining tegishli lavozimlari;
idoraviy mansub muassasalari xodimlariga – Fanlar akademiyasining idoraviy mansub muassasalari tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
Quyidagilar Markaz, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va hududiy bo‘limlari hamda Respublika qishloq xo‘jaligi ilmiy kutubxonasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Davlat budjeti mablag‘lari;
belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan tashqari mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligining Markaz huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Qishloq xo‘jaligida ilmiy izlanishlarni va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning manbalari etib belgilanadi:
Markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foiz miqdoridagi ajratmalar;
qishloq xo‘jaligi, shu jumladan ilmiy izlanishlarga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumat moliya institutlarining imtiyozli kreditlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakat va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilanishicha, Jamg‘arma mablag‘lari Ilmiy markaz va uning ilmiy-tadqiqot muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi:
ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta'minlashga, raqobatbardosh ilmiy hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot va izlanish ishlarini tanlov va davlat buyurtmalari asosida moliyalashtirish;
Markaz ijro apparati va uning tarkibiga kiruvchi muassasalar hamda tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilidagi Toshkent davlat agrar universitetining «Tayyorlov kursi binosi» tasarruf etish huquqisiz Markaz balansiga o‘tkaziladi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududida Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida bepul foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.
agrosanoat, qaror loyihasi
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda aholidan 12 mlrd so‘mlik “yashil” energiya sotib olindi
O‘zbekiston | 09:11
-
Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Jahon | 09:05
-
American University of Technology AQShda o‘qish imkoniyati ko‘zda tutilgan magistratura dasturini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
Mavzuga oid
10:18 / 27.01.2025
Rossiyaning Rostov oblastida O‘zbekiston agrosanoat habi yaratilishi mumkin
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
14:30 / 02.10.2024
Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi
21:34 / 21.06.2024