29 yanvar, çorşanba kuni Ukrainaning Slovakiyadagi elçisi Miroslav Kastran Bratislavadagi Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga norozilik notasi topşirildi. Bunga «Slovakiya Respublikasining içki işlariga aralaşiş» sifatida baholangan «Ukraina tomonining bayonotlari» sabab böldi, deb xabar beradi dpa agentligi.
Hujjat matnida Slovakiya TIV kimning va qaysi bayonotini nomaqbul deb topgani körsatilmagan. Bir kun avval Kiyevdagi Taşqi işlar vazirligi özining rasmiy veb-saytidagi bayonotida Slovakiya boş vaziri Robert Fitsoni tanqid qilgan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Fitso mamlakat suvereniteti evaziga «Moskvani tanlayotganini» aytgandi.
Slovakiyada hukumatga qarşi ommaviy namoyişlar bölib ötdi
24 yanvar kuni Slovakiyada ön minglab odamlar mamlakat hukumati siyosatiga qarşi norozilik bildiriş uçun köçalarga çiqdi. Dpa axborot agentligining xabar berişiça, namoyişçilar boş vazir Robert Fitsoning iste’fosini talab qilişgan. Taşkilotçilarga köra, öşa kuni eng katta maydonga — Bratislavadagi Slovakiya hukumati qarorgohi oldida — 60 mingga yaqin odam töplangan.
Boşqalar qatorida Mier Ukrajine («Ukrainaga tinçlik») taşkiloti norozilik namoyişlariga çaqirdi. Uning vakili Marian Kuliç jurnalistlarga tuşuntirganidek, tarafdorlari Rossiyaga nisbatan «hamkorlikka» qarşi. «Slovakiya Yevropaning bir qismidir», dedi u. Ayni paytda, dpa muxbirlarining ta’kidlaşiça, avvalgi şunga öxşaş harakatlardan farqli ölaroq, 24 yanvar kuni Ukraina bayroqlari sezilarli darajada kamaygan. Buning örniga namoyişçilar Slovakiya milliy bayroqlari va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini olib kelişdi.












