Mehnat bozoridagi raqobat yildan yilga kuchayib bormoqda. Orzulari baland bitiruvchilar xalqaro tajribaning yetishmasligi o‘z istiqbollarini toraytirib yuborishini sezmoqdalar. Ish tajribasiga ega mutaxassislar jahon standartlariga muvofiq keluvchi magistrlik darajasining yo‘qligi tufayli karera pillapoyasidan ilgarilashda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Shu bilan bir vaqtda, chet elda karera qilish imkoniyatlarini ochuvchi globallashuv jarayoni ham jo‘shqin kechmoqda. Bunday sharoitda Amerika OTM diplomining mavjudligi salmoqli raqobat afzalligi bo‘la oladi.
American University of Technology (AUT) magistraturasiga kirib, bunday diplomga ega bo‘lish mumkin. Bu yil ta’lim muassasasi AQShdagi obro‘li Arizona State University (ASU) bilan birgalikda ikkita yo‘nalish bo‘yicha magistrlik dasturlarini ochadi:
● Master of Global Management;
● Master of Science in Software Engineering.
Magistraturada o‘qish davomiyligi 1,5 yil (3 semestr)ni tashkil qiladi.

Arizona State University (AQSh) bilan sheriklik qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Arizona State University (ASU) — sayyoramizdagi eng yaxshi o‘quv muassasalaridan biri. Center for World University Rankings (2024) talqiniga ko‘ra, ASU jahonning 1% eng yaxshi universitetlari sirasiga kiradi.
OTMlar o‘rtasidagi hamkorlik bir nechta yo‘nalishga ega:
1. Toshkentlik talabalar uchun o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish.
Ikkala OTM ham bitiruvchilarning bilimlari va ko‘nikmalari global mehnat bozorida dolzarb va talabgir bo‘lishidan manfaatdordir.
2. 1+1 dasturi bo‘yicha o‘qitish.
Toshkentdagi bir semestrdan keyin magistrant ta’limni AQShda, Arizona State University’da davom ettirishi mumkin.
3. Ikkita— American University of Technology’dan mahalliy va Arizona State University’dan Amerika diplomini taqdim etish.
Diplomning O‘zbekistondagina emas, balki undan tashqarida ham tan olinishi bitiruvchilar oldida hayratlanarli karera istiqbollarini ochadi.







