Quyidagilar taşkil etiladi:
- Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi;
- Agentlik huzurida Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Agrosanoatni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi.
2024 yil 1 oktyabrdan sanoatlaşgan yangi intensiv boğ va tokzorlarni barpo etiş hamda moliyalaştirişning yangi tizimi joriy etiladi.
2024 yil 1 oktyabrdan yangi boğlarni barpo etişni Jamğarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalaştirişning quyidagi tartibi joriy etiladi:
1-bosqiçda – yerni ekişga tayyorlaş uçun imtiyozli kreditning 10 foizigaça miqdorda;
2-bosqiçda – köçat sotib oliş va ekiş xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigaça miqdorda;
3-bosqiçda – suğoriş tizimlarini örnatiş xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigaça miqdorda;
4-bosqiçda – boğ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarişlaş xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.












