Adliya vazirligi “Fermerga madad” aksiyasi doirasida adliya organlari tomonidan ötkazilgan huquqiy monitoring natijalariga asoslanib, sohada bir qator muammo va kamçiliklarni sanab ötdi.
Ma'lum qilinişiça, aksiya doirasida fermerlar bilan tayyorlovçi, ta'minot va xizmat körsatuvçi taşkilotlar örtasidagi şartnomaviy munosabatlarda jami 156 223 ta xato va kamçiliklar aniqlangan.
Eng köp qoidabuzarliklar – Qaşqadaryo viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida.

Xususan, monitoringda 565 ta holatda fermerlar bilan özaro huquq va majburiyatlarni belgilovçi asosiy hujjat – yer ijara şartnomasi tuzilmagani, 794 ta holatda yer ijara şartnomasining nusxasi fermerlarga berilmagani aniqlandi.
“Yer ijara şartnomasi tuzilmasa, hokimliklarga qöl keladi, ular istalgan vaqtda fermerdan yerni olib qöyişi yoki fermerga istalgan qöşimça talabni qöyişi mumkin, natijada fermer mas'ullar xatti-harakati yuzasidan sudga şikoyat qilişda muammoga duç keladi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Şuningdek, örganişlar köpçilik holatlarda tayyorlovçi, ta'minotçi va xizmat körsatuvçi korxonalar özlarining monopol mavqeyidan foydalanib, ayrim hollarda esa davlat organlarining aralaşuvi bilan şartnomaviy munosabatlarda fermerlar manfaatlariga zid xatti-harakatlar qilayotganini körsatgan.
Aksiyaning dastlabki 1 oyida ötkazilgan örganişlarda tayyorlovçi, ta'minotçi va xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan fermerlar örtasidagi şartnomalar 34 861 ta holatlarda keçikib tuzilgani, 48 396 ta şartnoma hududiy qişloq xöjaligi bölimlaridan röyxatdan ötmagani aniqlangan.
Masalan, Şahrisabz tumanida 2021 yilda 137 tonna pilla sotiş böyiça tuzilgan 456 ta şartnomalar tuman qişloq xöjaligi bölimidan röyxatdan ötmagan. Röyxatdan ötmagan şartnomani istalgança özgartiriş va unga tuzatişlar kiritiş mumkin yoki uni davlat organi tomonidan monitoring qiliş imkoniyati bölmaydi. Albatta, bunday özgartirişlar fermer foydasiga bölmasligi aniq.
Şuningdek, monopol mavqeyidan foydalanib fermerlar yetiştirgan mahsulotlar 7 531 ta holatda kontraktatsiya şartnomasi tuzmasdan olib ketilgan.












