«Fermerlar hosilining davlat rejasidan ortiqça qismini ham tortib oliş holatlari, şuningdek, egasining roziligisiz omboridan hosilni olib çiqib ketayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Şu örinda Adliya vazirligi qonunlarni mensimasdan, fermerning rejadan ortiqça ğallasini tortib olayotgan ayrim mansabdor şaxslarga amaldagi qonunçilikni eslatib, ularga nisbatan javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantiradi.

Birinçidan, “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunga köra, fermer yetiştirgan mahsulot uning mulkidir va u davlat himoyasida. Konstitutsiyaning 53-moddasiga köra, xususiy mulk boşqa mulk şakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Xuddi şunday, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasida mulkçilik töğrisida”gi, “Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlari kafolatlari töğrisida”gi qonunlarda ham tadbirkor hisoblangan fermerlarning mulki davlat tomonidan himoyalanişi körsatilgan bölib, fermerlarning mulkiy huquqlarini buzgan şaxslarga nisbatan ma'muriy (9,8 mln. sömdan 19,6 mln. sömgaça jarima) va jinoiy (7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş) javobgarlik belgilangan.

Ikkinçidan, rejadan ortiqça ğallani oliş maqsadida fuqarolarning uy-joylariga ularning ruxsatisiz kiriş Konstitutsiyaning 27-moddasiga töğridan töğri zid keladi va aybdor Jinoyat kodeksining 142-moddasiga köra, 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Uçinçidan, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga asosan, fermerlar şartnoma tuzişda erkindirlar. Şartnoma tuzişga majbur qilişga yöl qöyilmaydi. “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunga köra, fermerlar davlat ehtiyojlari uçun yetiştirgan hosilni kontraktatsiya şartnomalarida nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berişga majburdir», deyiladi vazirlik munosabatida.

Ta'kidlanişiça, kontraktatsiya şartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatdan ortiq hajmda mahsulot talab qiliş qonunçilik hujjatlariga zid hisoblanadi. Şartnomaviy munosabatlar böyiça vujudga kelgan nizolar faqat özaro yoki sud tartibida hal etilişi lozim. Bunday holatlarda zöravonlik işlatiş yoki özgaça usulda noqonuniy majburlaş – qonunbuzilişi hisoblanadi va javobgarlikni keltirib çiqaradi.

Adliya vazirligi tegişli mansabdor şaxslar va davlat xizmatçilarini qonunlarni hurmat qilişga hamda fermerlarning huquqlarini buzmaslikka çaqirgan va qonunni mensimagan, fermerlarning huquqlarini buzgan har qanday şaxs javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantirgan. Fermerlardan huquqi buzilgan har qanday holatda zudlik bilan “1008” – qisqa raqamiga yoki Telegram orqali