Qozoğistonliklar muayyan vaqt davomida Özbekistonni agrar sohada namunali davlat siyosatini yurgizib, sohani yangi bosqiçga olib çiqa olgan mamlakat deb hisoblab kelişdi.

Ammo qozoğistonlik iqtisodçi Arsen Kerimbekov bu fikrga qöşilmaydi va qöşni mamlakatning agrar sohadagi davlat siyosati Qozoğistonnikiga qaraganda ança noqulay deb hisoblaydi.

U Özbekistondagi agrosanoat kompleksi rivojini tadbirkorlarning taşabbuskorligi va moslaşuvçanligi bilan boğlaydi; qozoğistonlik fermerlar va agrosanoat vakillariga ayni şu xislatlar yetişmaydi deb biladi.

Arsen Kerimbekov – Qozoğiston organik mahsulotlar işlab çiqaruvçilar ittifoqi direktori. U Özbekiston va Qozoğistonning qişloq xöjaligi mavzusida Forbes.kz'ga intervyu berdi.

Yevropaga sabzi sotiş

– Aslida qozoqlar va özbeklar ikki davlatda yaşovçi yagona millatdir, deydi işonç bilan Arsen Kerimbekov. – Aynan şu tufayli Özbekistonda sodir bölayotgan har bir voqea meni doim qiziqtirgan.

Mutaxassis 2010 yildan boşlab, qöşni davlatdagi özgarişlarni şunçaki qiziqiş emas, xizmat taqozosi tufayli ham örgana boşlagan. Avvaliga «Qazagromarketing» AJ raisi örinbosari sifatida, 2016 yildan boşlab esa, «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi markazi direktori sifatida. Ayni damda u – Qozoğistonning organik mahsulot işlab çiqaruvçilar ittifoqi direktori.

Arsen Kerimbekov Özbekistonda agrosanoat qanday odimlayotgani va ekologik toza mahsulotlar bilan xalqaro bozorga çiqib borayotganini qiziqiş bilan kuzatyapti. Uning fikriça, Özbekiston bu masalada muayyan muvaffaqiyatlarga erişyapti va buni bozor talablariga tez moslaşiş bilan izohlaş mumkin.

– Bir misol keltiray: özbeklar Global G.A.P. sertifikatini olişdi – bu organikaga ötiş uçun zarur standart (Global G.A.P. – Yevropa savdo tarmoqlari qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti talablari asosida beriladigan sertifikat – tahr.). Biz sabzavot va mevalarimizni Yevropa supermarketlariga yetkazib bermaganimiz bois Qozoğistonda bu unça ommalaşmagan. Özbeklar esa u yerda ham sotişni istaşdi va sertifikatsiyadan ötişdi.