O‘zbekiston | 15:14 / 19.06.2020
15668
2 daqiqa o‘qiladi

«Tez yordam»ga yo‘l berish uchun qoida buzishga majbur bo‘lgan haydovchilar javobgarlikka tortilmaydi

Senatning 5-yalpi majlisida Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmurotov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida »gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini taqdimot qildi.

Unda qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalar haqida ma'lumot berildi.

Botir Matmurotov / Senat matbuot xizmati

«Amaliyotda ko‘p kuzatiladi: tez yordam, o‘t o‘chirish xizmatlari va boshqa xizmatlarning avtomashinalariga yo‘l berish, ularni tez o‘tkazib yuborish jarayonida biror qoida buzilsa va videokameralarga tushib qolsa, haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolmoqda. Katta jarimalar to‘langan hollari ham mavjud. Bu masalada bizga ham ko‘plab murojaatlar kelgan.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalar ana shunday holatlarni bartaraf etishga qaratilgan. Ya'ni agar haydovchilar tezkor va mazkur xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketish uchun yo‘l berishi sababli yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etiladigan bo‘lsa, ular buning uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Bunda haydovchining huquqbuzarligi o‘ta zarur holatlarda sodir etilgan deb hisoblanadi va ma'muriy ish tugatiladi. Ushbu normaning qat'iy belgilanishi yo‘llarda haydovchilar huquqlarining mustahkamlanishiga xizmat qilinadi», deya Botir Matmurotovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan avvalroq senatorlar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritishni ma'qullashgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 