Senatning yalpi majlisida “Atrof-muhit bilan boğliq bölgan masalalar böyiça qarorlar qabul qiliş jarayonida jamoatçilikning axborot oliş imkoniyati, iştiroki va odil sudlovga erişiş imkoniyati töğrisidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998 yil 25 iyun) Özbekiston Respublikasining qöşilişi haqida”gi qonun körib çiqildi.

Xalqaro maqomdagi mazkur hujjatning asosiy maqsadi – ekologiya, atrof-muhit va fuqarolarning soğliğiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan qarorlarni qabul qilişda jamoatçilikning iştiroki bilan boğliq özaro munosabatlarni tartibga soliş hamda odil sudlovga erişişni ta’minlaşdan iborat.

Konvensiyada davlat idoralari va taşkilotlari tomonidan keng jamoatçilik söroviga binoan havo, atmosfera, suv va tuproq kabi atrof-muhit elementlarining tarkibiy qismlariga doir zarur ma’lumotlarni taqdim etiş, sohani rivojlantirişga qaratilgan dastur va rejalarni işlab çiqişda jamoatçilikning iştirokini ta’minlaş belgilangan.

Qayd etilişiça, Özbekistonning mazkur konvensiyaga qöşilişi ekologiya va atrof-muhit sohasida inson huquq va erkinliklarini munosib ta’minlaşga, xorijiy hamkor davlatlar bilan hamjihatlikda ekologik xavfsizlikka erişiş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oşirişga, şuningdek, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imiji va nufuzini yanada oşirişga xizmat qiladi.

“Mamlakatda qonunlar mavjud strategiyalar va dasturlarning hammasi xalqaro standartlarga javob beradi. Lekin muammo ularning ijrosida. Daraxt kesilişi, Toşkent şahri havosining ifloslanişi, şu kabi ma’lumotlarni tarqatiş... Bunday xabarlarni tarqatilişiga mas’ullar befarq bölmasligi kerak. Mana şu yerda bizda muammo bor. Şuning uçun jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik örnatib, jamoatçilik kengaşlaridan samarali foydalaniş zarur. Qolaversa, ular aytgan masalalar böyiça yana nima işlar qilişimiz kerak, qanday çoralar körişimiz va yana qanaqangi qöşimça dastur yoki qaror, tegişli hujjat qabul qilinişi kerak bölsa, marhamat, masalani kötarib çiqişni taşkillaştiraylik.

Qonunlarni qabul qilaveramiz, lekin uning ijrosi bölmasa, hammasi qoğozda qolib ketadi. Bu nafaqat sizlarga, hammaga taalluqli.

Mahalliy kengaşlar bu borada öziga vazifalarni belgilab olişi zarur. Mana şu körilayotgan har bir masalaning amalda ijobiy samarasini körsatişi köp jihatdan mahalliy kengaşlarning faolligiga bevosita boğliq. Ijro organlaridan mana şu masalalar ijrosini söraş ham sizlarning vazifalaringizdan biridir.