Jamiyat | 15:18 / 02.06.2021
9961
2 daqiqa o‘qiladi

Botanika bog‘ida velosiped, samokat va skuterlarda harakatlanish taqiqlandi

«Ko‘pincha yosh bolalar va velosipedchilar to‘qnashuvi jarohatlarga sabab bo‘lmoqda. Ikkita holatda tez yordam ham chaqirishga majbur bo‘ldik», – dedi bog‘ direktori Kun.uz bilan suhbatda. 66 gektarlik bog‘ning 11 gektar qismi velosiped uchishga moslashtiriladi.

Toshkent Botanika bog‘i yosh bolalar, yoshi katta insonlar va umuman, barcha tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 1 iyundan «xavfsiz hudud» deb e'lon qilindi.

Shu munosabat bilan 1 iyundan bog‘ hududida velosiped, samokat va skuterlarda harakatlanish ta'qiqlandi. Bu haqda Kun.uz'ga bog‘ ma'muriyati ma'lum qildi.

«Yaqinda bog‘ga tashrif buyurgan hukumat a'zolarining o‘rganishlari natijasida, bu yerdagi velosiped va boshqa vositalarning harakati tashrif buyuruvchi aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Ko‘pincha yosh bolalar va velosipedchilar to‘qnashuvi jarohatlarga sabab bo‘lmoqda. Ikkita holatda tez yordam ham chaqirishga majbur bo‘ldik.

Ko‘plab ota-onalarning e'tirozi sababli ham vaqtincha velosiped va skuterlar harakatini chekladik», – deydi Kun.uz bilan suhbatda Botanika bog‘i direktori Sodiqjon Abdunazarov.

Uning aytishicha, endilikda 66 gektarlik bog‘ning 11 gektar hududida velosiped va boshqa kichik vositalarida harakatlanish uchun veloyo‘laklar chizilib, boshqa qulayliklar yaratiladi va xavfsizlikka rioya qilish ta'minlanadi.

Shuningdek, bog‘da marketing bo‘limi ochiladi, olimlarning ishiga xalaqit qilmagan holda velosiped va boshqa vositalarning tartibli harakati va ijarasi tashkil qilinadi. Sodiqjon Abdunazarovning aytishicha, bu marketing bog‘ faoliyat yuritishi uchun manba hisoblanadi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 