Xitoylik hakerlar 2021-2023 yillar davomida Belgiya Davlat xavfsizlik xizmatining (VSSE) ma’lumotlarini öğirlab kelgani ma’lum böldi, deb yozmoqda Se Coir naşri.

Belgiya Davlat xavfsizlik xizmatining içki tergovi ma’lumotlariga köra, idoraga kelib tuşgan har önta elektron maktubning bittasi Xitoyga boğliq hakerlar tomonidan qölga kiritilgan.

Ta’kidlanişiça, hakerlar Amerikaning Barracuda kompaniyasining dasturiy ta’minotidagi zaiflikdan foydalangan.

Naşr manbalariga köra, bu VSSE duç kelgan «xavfsizlik sohasidagi eng jiddiy mojaro» hisoblanadi. Xitoylik hakerlar tomonidan qölga kiritilgan ma’lumotlarda idora xodimlarining qariyb yarmining ma’lumotlari, jumladan, şaxsni tasdiqlovçi ma’lumotlar ham bölişi mumkin. Şu bilan birga, içki tergov hujum aynan kimlarga qaratilganini aniqlay olmagan.

VSSE rahbariyati jinoyat işi qözğatiş böyiça ariza bergan va qator çoralarni körgan, jumladan, kiberhujumlar davrida şaxsiy ma’lumotlarini topşirgan xodimlarni öz hujjatlarini yangilaşga çaqirgan.

Avvalroq rossiyalik hakerlar butun dunyo böylab vazirlar va amaldorlar, şuningdek, Ukrainaga yordam körsatiş bilan şuğullanuvçi tahlil markazlari hamda taşkilotlar xodimlarining WhatsAppʼdagi akkauntlariga kirişga uringani töğrisida xabar berilgandi.