Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan yana ikki nafar voyaga yetmagan özbekistonlik Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva şahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtinça saqlaş markazi xodimlari kömagida Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, 26 fevral kuni olib kelingan bolalarning biri ota-onasining işonçnomasi asosida Rossiyaga ketgan. Ikkinçisi esa 2023 yildan beri mehnat migratsiyasida ekani, 9-sinf öquvçisi bölgan paytidan beri opasining turmuş örtoği bilan Moskvaga borib, dastlab farroş, keyinçalik esa qahvaxonada idiş-tovoq yuvuvçi sifatida işlab yurgani aniqlangan.

Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan ötkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtinça saqlaş markaziga yuborilgan.

«Özbekiston hududidan bolalarni kuzatib boriş uçun berilgan işonçnoma boşqa davlat hududida bolaning qonuniy vakili böliş huquqini bermasligini eslatib ötamiz», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, bugungi kunga qadar 9 nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarilgan. Mart oyida Içki işlar vazirligi, Taşqi işlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni Özbekistonga olib keliş rejalaştirilmoqda va kelgusida oilaviy muhitga qaytariş böyiça amaliy çora-tadbirlar körilyapti.