Eron-Ozarboyjon çegarasida har ikki davlatning yirik harbiy maşğulotlari bölib ötdi. Tehron öz maşğulotlari bilan Bokuning Janubiy Ozarboyjon borasidagi pozitsiyasi va oyatulloh rejimini tanqid qiluvçi çiqişlariga javob bermoqçi böldi. Biroq Turkiya-Ozarboyjon kuçlari ham javob yurişini amalga oşirdi. Yaqinda Ozarboyjon parlamentida mamlakat nomini Şimoliy Ozarboyjon deb özgartiriş, bu orqali Eron tarkibida ham Ozarboyjon yerlari va millati borligini butun dunyoga bildiriş taklif qilindi. Ozarboyjon zamini qaçon ikkiga bölingan edi?

Haqiqiy tarixiy Ozarboyjon — bu Janubiy Ozarboyjon

Ozarboyjon (Azerbayjan) nomi ança tarixiy nomdir. Bu nomning ildizi miloddan avvalgi asrlarda işlatilgan Atropatene nomiga borib taqaladi. Rasmiy ravişda bu nomdan Ahamoniylar davrida Atropates şaklida, satraplik (viloyat) nomi sifatida foydalanilgan.

«Atropates» yoki «Atropatane» nomi qadimgi forsçadan «olov bilan himoyalangan yer» ma’nosini beradi. Hozirgi Janubiy Ozarboyjon yerlariga töğri keluvçi hududning bunday atalaşiga qadimgi rivoyatlarga köra zarduştiylik payğambari Zarduştning şu yerda tuğilgan deb hisoblanişi (hozirgi kunda olimlar bu borada turli xil fikrda) sabab bölgan. Şuningdek, payğambar tuğilgan joy sifatida bu yerda köplab otaşparastlik ibodatxonalari bölgan va ularda sönmas olovlar yoqilgan.

Şimoliy va Janubiy Ozarboyjon

«Atropatane» nomi vaqt ötişi bilan assimilyatsiyaga uçrab boradi va qadimgi yangi-fors tilida Ādharbādhagān yoki Ādharbāyagān deb atala boşlanadi. Bu nom esa keyingi asrlarda hozirgi Azerbayjan şakliga keladi.

Yuqorida aytilganidek, qadimgi Atropatene va Atropes hududi hozirgi mustaqil Ozarboyjon yerlariga emas, balki Eron Ozarboyjoni yerlariga töğri keladi. Ya’ni Ozarboyjon nomi bilan atalgan haqiqiy tarixiy hudud bu Janubiy Ozarboyjondir.

Qadimgi Atropatene hududi

Turkiylaşuv va davlatçilik

Janubiy Ozarboyjon yerlariga turkiy xalqlar Saljuqiylar davrida keng kölamda köçib kela boşlaydi. XI asrda boşlangan turkiy Ozarboyjon xalqi şakllanişi XV asrgaça davom etadi.