Har ikki tomon uçraşuvni konstruktiv deb atadi va muzokaralarning ikkinçi raundini kelasi hafta ötkazişga kelişib olganini tasdiqladi. AQŞ ehtimoliy kelişuvga erişişda «töğridan töğri aloqa» muhim rol öynaşini ma’lum qildi.
Eron nomidan taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi, AQŞdan esa prezidentning maxsus elçisi Stiv Uitkoff iştirok etdi (u avvaldan Trampning Yaqin Şarq böyiça maslahatçisi edi, ammo keyinroq boşqa muzokaralar jarayonlariga, jumladan, Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş böyiça muzokaralarga ham qöşilgandi).
2015 yilda prezident Barak Obama davrida Eron va jahon davlatlari örtasida tuzilgan avvalgi yadroviy kelişuvdan AQŞ 2018 yilda Trampning birinçi muddati paytida bir tomonlama çiqib ketgandi. Öşandan beri Tehron şunga öxşaş, ammo özlari uçun foydaliroq şartlarda bitim tuzişga umid qilib keladi.
Muzokaralar Ömon poytaxti Maskatda asosan vositaçi orqali bölib ötdi: Eron va AQŞ delegatsiyalari turli xonalarda bölib, Ömon taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy orqali bir-birlariga xabarlar yetkazişdi.
Biroq Aroqçi va Uitkoff bir neça daqiqa al-Busaydiyning oldida yuzma-yuz körişgan. Eron delegatsiyasi öz mamlakati rahbariyatidagi radikal qanot tomonidan bosimni his qilib, bu uçraşuvdan heç qanday fotosurat bölmasligini söragan.
Uçraşuvdan söng Eron vaziri uçraşuvni ijobiy deb atadi. «Fikrimça, birinçisiga bu tinç va hurmatli muhitda ötgan konstruktiv uçraşuv böldi, heç qanday nomaqbul iboralar işlatilmadi», – dedi Aroqçi Eron davlat televideniyesiga.
Oq uy öz bayonotida ham Ömondagi muhokamalar «juda ijobiy va konstruktiv» deb baholangan. Qayd etilişiça, Uitkoff Eron delegatsiyasiga «agar iloji bölsa, kelişmovçiliklarni muloqot va diplomatiya orqali hal qiliş» böyiça körsatma berilganini ma’lum qilgan.
Donald Tramp jurnalistlarning muzokaralar jarayoni haqidagi savoliga javob berar ekan, şunday dedi: «Menimça, ular yaxşi ketmoqda».
«Niyatingizga yetmaguningizça heç narsaning ahamiyati yöq. Şuning uçun bu haqda gapirişni yoqtirmayman», – deya qöşimça qildi u.
Buyoğiga nima böladi?
«Bizga ham, boşqa tomonga ham samarasiz muzokaralar, nomiga qilinadigan muhokamalar kerak emas, – dedi Aroqçi Eron davlat televideniyesiga bergan intervyusida. – Vaqtni behuda sarflab, muzokaralar jarayonini çeksiz çözişni istamayman».





















