Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi Rossiyaga safar qilib, Tehron yadro dasturi böyiça AQŞ bilan sönggi muzokaralarni muhokama qiladi. Arağçi hafta oxirida Moskvaga keladi, dedi Eron TIV vakili 14 aprel, duşanba kuni.
Moskvaga safar «Masqatdagi muzokaralar bilan boğliq sönggi voqealarni muhokama qiliş uçun foydalaniladi», deyiladi Eron Taşqi işlar vazirligining Telegram-kanalida.
Mart oyida Bloomberg agentligi Rossiya Vaşingtonga Eron bilan Islom Respublikasining yadroviy dasturi va mintaqadagi antiamerika guruhlarni qöllab-quvvatlaşi bilan boğliq masalalarda muloqot qilişda yordam berişga rozi bölganini xabar qilgan edi.
12 aprel kuni Ummon poytaxti Masqatda Eron va AQŞ örtasida Tehron yadroviy dasturi böyiça birinçi bilvosita muzokaralar bölib ötdi. Amerika tomonidan AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff, Eron tomonidan esa mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi iştirok etdi. Ummon taşqi işlar vaziri Badr al-Busaydiy muzokaralarda vositaçi sifatida qatnaşdi.












