AQŞ Eron bilan yadroviy bitim böyiça muzokaralar doirasida Tehron özining yuqori boyitilgan uranini uçinçi davlat — masalan, Rossiyaga topşirişini taklif qildi, deb yozmoqda The Guardian.

Qayd etilişiça, uşbu taklif 12 aprel kuni Ömonda bölib ötgan bilvosita muzokaralar davomida körib çiqilgan va ehtimoliy kelişuvga erişiş yölidagi asosiy «xalaqit beruvçi toşlardan» biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga köra, Eron özining uran zaxiralarini uçinçi davlatga topşiriş böyiça AQŞning taklifiga «qarşilik körsatadi».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Guardian’dagi ma’lumotlarga izoh bermasligini ma’lum qilgan.

Eron va AQŞ delegatsiyalari 12 aprel kuni Ömon poytaxti Masqatda bilvosita muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvdan keyin Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yaxşi ötganini bildirdi. Muzokaralarning ikkinçi raundi 19 aprel kuni bölib ötadi.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga köra, Eron muzokaralarda özining yadroviy dasturini çeklaş evaziga Amerika sanksiyalari yumşatilişini talab qilgan.

Avvalroq Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi Rossiyaga safar qilib, Tehron yadro dasturi böyiça AQŞ bilan sönggi muzokaralarni muhokama qilişi töğrisida xabar berilgandi.