Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda Namangan viloyatida kambağallikni qisqartiriş, ta'lim muassasalari bitiruvçilarini kasb-hunarga qamrab oliş va aholi daromadlarini köpaytiriş böyiça hozirgi ahvol puxta tahlil qilinib, amalga oşiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kunda viloyatda ösiş nuqtalarini aniqlaş va işga soliş, şu orqali aholi farovonligini oşiriş olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim şarti hisoblanadi. Prezident bu borada viloyatda taşkil etilişi zarur bölgan işlarga alohida e'tibor qaratdi.
Jumladan, sanoat, kiçik va örta biznes, hunarmandçilik, xizmat körsatiş sohalari viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi daromadlarini oşirişning eng muhim drayverlari böla oladi. Uşbu sohalar böyiça Namanganda katta tajriba bor. Şunga muvofiq, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali muhtoj oilalarning 12 mingdan ortiq işsiz a'zolarini band qiliş va yil oxiriga qadar kambağal oilalar safidan çiqariş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berildi.

Xususan, savdo va xizmat körsatiş sohasidagi 600 ta tadbirkor faoliyatini tiklaş orqali 2 mingta xodim iş joyiga qaytadi.
Davlat rahbari tuman va şaharlar kesimida viloyatda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş va uşbu loyihalar uçun 80 milliard söm mablağ ajratilişini qayd etdi.
Uşbu mablağga qöşimça ravişda yana 100 milliard söm ajratiladi. Karantin şaroitida tuşumi kamaygan tadbirkorlarni aylanma mablağ bilan ta'minlaşga 2,3 trillion söm, joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga 350 milliard söm kreditlar yönaltiriladi.
Viloyatda zargarlik sanoatini rivojlantiriş, Namangan şahrida 2 yilda 4 mingta yangi iş örni yaratilgan zamonaviy zargarlik markazi taşkil etiş, bu yerda “ustoz - şogird” tamoyili asosida işsiz yurgan yoşlarni hunarmandçilikka jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.

2020-2021 yillarda Çortoq tumanini kompleks rivojlantiriş, hududdagi foydalanilmay yotgan 3 ming gektar yerni özlaştiriş va tuproq-iqlim şaroitiga mos ekinlarni joylaştiriş çoralari köriladi.
Viloyatda 2020-2021 yillarda qiymati 16,3 trillion söm bölgan 1953 ta hududiy loyiha amalga oşirilib, 55 ming yangi iş örni yaratiladi. Şundan joriy yilda umumiy qiymati 8,3 trillion söm bölgan 1652 ta loyiha hayotga joriy etilib, 35 mingta yangi iş örni taşkil etiladi.












