Transport vazirligi ma’lumotiga köra, Şensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toşkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali özbekistonlik yoşlar Çangan universitetida tahsil oliş imkoniyatiga ega böldi.
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQŞ dollari) teng bölib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqiçi talabalarini qamrab oladi.
Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat şaklida amalga oşiriladi.
Mazkur grant dasturi Özbekiston-Xitoy örtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning muhim natijasi bölib, yoşlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega böliş imkonini yaratadi.












