28 iyul kuni ertalab «Aeroflot» aviakompaniyasi öz axborot tizimlarida nosozlik yuzaga kelganini ma’lum qildi.

«Şu munosabat bilan bajariladigan reyslar jadvaliga majburiy tuzatiş kiritilişi kutilmoqda, jumladan, keçiktiriş va bekor qiliş orqali», - deyiladi kompaniya bayonotida.

«Aeroflot» yölovçilardan aeroport saytlari va aeroportlardagi axborot tablolarida paydo böladigan ma’lumotlarni, şuningdek, aeroportlardagi ovoz kuçaytirgiçlar orqali beriladigan e’lonlarini kuzatib borişni söradi.

Kompaniya «parvozlarning işlab çiqariş rejasini bajariş xavfini minimallaştiriş» va öz xizmatlarini imkon qadar tezroq tiklaş ustida işlayotganini qöşimça qildi.

«Aeroflot» bilan bir guruhga kiruvçi «Rossiya» va «Pobeda» aviakompaniyalari nosozlik haqida xabar bermagan.

«Aeroflot»ning ma’lum qilişiça, axborot tizimidagi nosozlik tufayli Moskvadan amalga oşirilişi kerak bölgan 49 ta reys bekor qilingan. Moskvaning Şeremetevo aeroportida ulkan navbatlar yuzaga keldi, deb xabar bermoqda Msk1.

Silent Crow hakerlik guruhi «Kiberpartizanlar BY» hakerlari bilan birgalikda keng kölamli operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oşirgani, natijada „Aeroflot“ning içki IT-infratuzilmasi butunlay şarmanda qilingani va yakson etilgani»ni ma’lum qildi.

«Yil davomida biz ularning korporativ tarmoği içida bölib, infratuzilma yadrosi – Tier0’gaça kirib borişni metodik jihatdan rivojlantirdik. Biz muvaffaqiyatga erişdik: parvozlar tarixi ma’lumotlar bazalarining töliq massivini qölga kiritiş hamda yuklab oliş, barça muhim korporativ tizimlarni <...> obrösizlantiriş, xodimlarning şaxsiy kompyuterlari, şu jumladan yuqori rahbariyat ustidan nazoratni qölga kiritiş», – deyiladi hakerlar bayonotida.

Ular tez orada olingan ma’lumotlarning bir qismini e’lon qilişni boşlaşga va’da berişdi.

«Aeroflot» – Rossiyadagi yirik aviatsiya guruhi hisoblanadi. U «Aeroflot», «Rossiya» va «Pobeda» aviakompaniyalarini öz içiga oladi. 2024 yilda uç kompaniya jami 55,3 million yölovçi taşigan, guruhning Rossiya aviataşuvlaridagi uluşi 42,3 foizni taşkil etgan, deb xabar bergan «Kommersant». 2024 yilda «Aeroflot» va «Rossiya» aviakompaniyalarining yönalişlar tarmoği 248 ta yönalişdagi muntazam qatnovlarni öz içiga olgan, «Pobeda» esa 94 ta yönalişda muntazam parvozlarni amalga oşirgan.