Prezident tashrifi ortidan Xorazm viloyatining to‘rt hududida hokim o‘zgardi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifidan keyin viloyatdagi ikki shahar va ikki tumanda yangi rahbarlar ish boshladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Xalq deputatlari Xonqa tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muradbek Saparboyevich Davlatov Xonqa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U tumanni 2010 yil dekabridan buyon boshqarib kelgan Omonboy G‘oyipovich Jumanazarov o‘rnida ish boshladi. Sobiq hokimning keyingi faoliyati haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Kun davomida Bog‘ot tumani, Urganch va Xiva shaharlariga ham yangi hokimlar tayinlangani ma'lum bo‘lgandi.
Xususan, 2018 yil mayidan buyon Bog‘ot tumanini boshqarib kelgan Oybek Xolboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Shavkat Quramboyevich Yaxshiboyev tayinlandi.
Oybek Xolboyev esa Urganch shahriga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.
Shaharni 2018 yil dekabridan buyon boshqarib kelgan Shuhrat Abdullayevning keyingi faoliyati ma'lum emas.
Xiva shahrida 2018 yil dekabridan buyon hokim bo‘lgan Sobir Jumaniyozov ham ishdan olinib, uning o‘rnini Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Temur Ismoilovich Davletov egalladi.
Tavsiya etamiz
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
Jahon | 19:31 / 17.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 70 ga yaqin inson halok bo‘ldi
Jahon | 01:47
-
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» egalari bilan Abduqodir Husanov haqida suhbatlashdi
Sport | 00:50
-
Sud Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidentini hibsda qoldirishga order berdi
Jahon | 00:28
-
Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
O‘zbekiston | 23:20 / 18.01.2025
Mavzuga oid
19:53 / 17.01.2025
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markaziga direktor tayinlandi
10:41 / 16.01.2025
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga bosh shifokor tayinlandi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
14:46 / 03.01.2025