Pulning qadri qolmadi, qançalik köp daromad topsak ham, rözğorga yetmayapti, deydiganlar oz emas oramizda. Çindan ham sönggi yillarda tovar va xizmat narxlari keskin oşib ketdi. Natijada pul qadrsizlandi. Buning juda köp omillari bor.
Oddiy misol: non narxi erkinlaştirildi. Öz-özidan narx ham yuqorilaşdi. Yana bir neça omillar pul qadrsizlanişiga olib keldi. Uşbu holat iqtisodiyotda «inflatsiya» tuşunçasi bilan izohlanadi va uning darajasi qançalik yuqori bölsa, aholining xarid qobiliyati şunça pasayadi. Aslida, inflatsiya eng rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida bor, agar u normal (4 foiz) holatda bölsa, xavf tuğdirmaydi. Ammo Özbekiston şaroitida örtaça 13-14 foiz bölgan inflatsiya yirik muammo hisoblanadi. Umuman olganda, inflatsiya darajasini pasaytiriş imkoni bormi? Unga qanday omillar ta'sir körsatadi?
«Inflatsiyaning oşişi aholiga soliq yukini oşiradi»
Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonuni loyihasi muhokamasi vaqtida inflatsiya darajasi, uning yuqoriligiga sabab bölgan omillar böyiça quyidagi ma'lumotni taqdim etgandi.
«Iqtisodiy sohada tarkibiy islohotlar amalga oşirilayotgan holatda joriy yilda inflatsiya darajasi nisbatan baland bölişi va u 15,5 foizni taşkil etilişi kutilyapti. Inflatsiyani keyingi yilda 12,5-13 foizgaça pasaytiriş, 2022 yil yakuni bilan esa 9-9,5 foizgaça pasaytiriş lozim böladi. Buning uçun monetar va fiskal sohada muvofiqlaştirilgan holda qilinadigan çoralar, raqobatbardoş iste'mol mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytirişning aniq yönalişlari amalga oşiriladi. Umumiy fiskal taqçillikni 2022 yilgaça YaIMga nisbatan 1,5 foizgaça kamaytiriş maqsad qilinmoqda.
Yaqinda Xalqaro valuta jamğarmasining Kavkaz va Markaziy Osiyo böyiça iqtisodiy prognozlari e'lon qilindi. Unga köra, Özbekistondagi inflatsiya MDHdagi eng yuqori körsatkiç, deb qayd etildi. Bunga bir neça omil sabab bölgan. Birinçidan, investitsiyalarga bölgan ehtiyoj
Mavzuga oid
. Yillar davomida bu muammo yiğilib qolgan. Ehtiyojni qoplaş uçun içki va taşqi moliyaviy manbalar işga solindi. Kreditlar hajmi yil yakunlari bilan 40 foizdan ortiq bölişi kutilyapti.
Ikkinçidan,tariflar. Non va un narxi erkinlaştirildi. Mana, yaqinda deputatlar fermerlar murojaatini körib berişdi. Şu kabi masalalar inflatsiyaga öz ta'sirini ötkazyapti. Savol tuğilişi mumkin: nega inflatsiya darajasini keskin tuşirişga harakat qilinmayapti? Avvalo, iqtisodiyotda moliyaviy manbalarga bölgan ehtiyoj qondirilmay qoladi, iqtisodiy ösiş darajasi pasayib ketadi. Şuning uçun buni bosqiçma-bosqiç hal qilişimiz kerak.
Uçinçidan, xalqaro valuta bozoridagi va Özbekistonning asosiy savdo hamkor mamlakatlari yirik valuta kurslari almaşinuvi sababli milliy valutaning ma'lum darajada devalvatsiyasi sodir böldi.
Inflatsiya 2 yildan beri ösib kelyapti. Kelgusi yildan kredit, budjet xarajatlari, taşqi qarzlarni kamaytiriş, oqilona tarif siyosatini yuritiş orqali inflatsiyani pasayişiga erişmoqçimiz. Inflatsiya eng muhim kategoriya, çunki uning ortidan tadbirkorlar, fuqarolar daromadi kelib çiqadi. Inflatsiya darajasi oşaversa, aholiga soliq yuki ham ortib boraveradi».
«Inflatsiyani yaratayotgan sabablardan biri davlatning iqtisodiyotga haddan ziyod aralaşuvidir»
Otabek Bakirov (Telegramdagi bakiroo kanali muallifi):
Sönggi 3 yil davomida inflatsiyaning yuqori körsatkiçlari qayd etilayotgani sabablari Markaziy bank tomonidan işlab çiqilgan «Monetar siyosatning 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari»da aniq-ravşan sanab ötilgan. Qaysi omil eng asosiylari ekani borasida turliça qaraşlar mavjud, bu borada soatlab bahslaşiş mumkin. Mening nazarimda, yangi davrda inflatsiya yaratayotgan asosiy sabablar davlatning iqtisodiyotga haddan ziyod ortiqça aralaşuvi (samarasiz loyihalarga: investitsiyalardan tortib arzon kreditlargaça kirib ketadi), iqtisodiyotning asosiy zanjirlarida monopol holat saqlanib qolayotgani va kuçayib borayotgani hamda aholi va tadbirkorlik sub'yektlarida ertangi kunga işonç yuqori emasligi natijasida şakllanayotgan salbiy kutilmalar hisoblanadi. Inflatsiya aslida qörqinçli jarayon emas, iqtisodiyot bor joyda inflatsiya, albatta, böladi, bu qay masalada xato yöldan ketayotganimiz böyiça asosiy signaldir. Asosiysi bu signalni töğri öqiy va baholay olişimizda.
Inflatsiyani bir xonali raqamga tuşiriş hukumatning emas, Markaziy bankning vazifasi hisoblanadi. Ayni şu vazifani bajariş uçun ham kelasi yildan inflyatsion targetlaş rejimiga ötilmoqda. Agar özimiz belgilayotgan qoidalarga özimiz amal qila olsak, istisnolar boşlanib ketmasa, vazifani uddalaş mumkin albatta. Vazifani bajarişda va maqsadga yetişda jamoatçilik bilan işlaş katta ahamiyatga ega. Şu örinda 1930-yillardagi böhrondan çiqişda va «Yangi yöl» siyosatini amalga oşirişda Amerikaning 32-prezidenti Ruzveltning şaxsan özi olib borgan «Kamin oldidagi suhbatlar» radiodasturi esga tuşadi. Özbekiston iqtisodiyotiga işonçni yaratiş uçun jamoatçilik bilan köproq işlaş kerak, jamoatçilik qöllovi va fikrisiz işonç defitsitini bartaraf etiş juda qiyin.
Inflatsiya körsatkiçi böyiça hukumat (16 foiz) va Markaziy bank (13,5-15,5 foiz) ölçovlari va prognozlari turliça bölişi tabiiy, butun dunyoda şunday. Hukumat va Markaziy bankning vazifa va maqsadlari hamişa ham kesişavermaydi. Hukumat oldiga qöyilgan vazifalarni bajariş, ayniqsa ötiş davrida, bugun natija talab qilinayotgan şaroitda köpinça pul-kredit siyosati maqsadlariga muqoyasa bölavermaydi.
«Yaqin yillar içida import hajmi oşgani ham inflatsiyaga öz ta'sirini ötkazdi»
Baxtişod Hamidov (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş sohasida tadqiqotlar sektori boş ilmiy xodimi)
Nazariy jihatdan inflatsiyaga taklif, talab va import omillari guruhi ta'sir qiladi. Hammaga ma'lumki, inflatsiya bu umumiy iste'mol mahsulotlari va xizmatlar narxlari oşişi. Agar işlab çiqariş xarajatlari oşsa, mahsulotlar narxi oşadi va bu taklif inflatsiyasini keltirib çiqaradi. Boşqa tarafdan, aholi daromadlarining oşişi bozordagi mahsulot va xizmatlarga talabni oşiradi, bu esa talab inflatsiyasiga sabab böladi. Undan taşqari, milliy valutaning qadrsizlanişi import qilinadigan iste'mol tovarlari narxining oşişiga sabab böladi va bu import inflatsiyasini keltirib çiqaradi. Özbekiston şaroitida har uç omil guruhi inflatsiya darajasiga öz ta'sirini körsatib kelmoqda. Lekin alohida omillar guruhining sof ta'sir kuçi haqida tahlilçilarning fikrlari turli xil.
Taklif omillari içida oxirgi yillardagi soliq siyosati, xususan qöşilgan qiymat soliği tölovçi tadbirkorlik sub'yektlarining qamrovi kengayganini alohida aytiş mumkin. Bu öz navbatida, mahsulotlar narxi oşişiga olib keldi. Boşqa tomondan, narxlar davlat tomonidan tartibga solinadigan tovar va xizmatlarning köpçiligi uçun bozor narx şakllaniş tizimiga ötildi. Bu tovar va xizmatlar uçun bozor narxlari ança balandligi sababli iqtisodiyotdagi umumiy narxlar darajasida ta'sir körsatdi. Yaqinda Prezident ta'kidlagan davlat korxonalarining samarasiz işlaşi ham, bu korxonalar monopol statusga ega bölgan şaroitda ularning mahsulot va xizmatlari narxi oşişga olib keladi va inflatsiyani keltirib çiqaradi.
Inflatsiyaga kreditlaş kölamining ta'siri katta, deb qaraş keng tarqalgan. Sönggi yillarda kreditlaş kölami oşgani rost. Jumladan, aholi uçun «Har bir oila tadbirkor» dasturi asosida kreditlar berilmoqda. Bu öz navbatida bozorda qöşimça talab keltirib çiqariş orqali narxlarning oşişiga ta'sir körsatayotgan bölişi mumkin. Bundan taşqari, davlat sektorida iş haqi örtaça 30-40 foizga oşgani va daromad soliği tuşirilgani ham bozordagi narxlarga öz ta'sirini körsatgan bölişi mumkin.
Import inflatsiyasi omillari içida valuta liberalizatsiyasi (erkinlaştirilişi) siyosati omilining roli katta. Bu milliy valuta sömning qadrsizlanişiga öz ta'sirini ötkazmay qolmaydi. Valuta kursi özgarişi import narxlariga ta'siri orqali içki inflatsiyaga bevosita ta'sir qiladi. Bu ta'sir odatda rivojlangan davlatlarga qaraganda rivojlanayotgan davlatlarda kattaroq böladi. Buning sababi iste'mol savatida xalqaro bozorda oldi-sotdi qilinuvçi, xususan oziq-ovqat tovarlarning uluşi katta. Sönggi yillarda import kölamining eksport kölamiga nisbatan oşib ketişi ham devalvatsiyaga ta'sir qilmoqda. Natijada, import qimmatlaşmoqda, narxlarning umumiy darajasi oşmoqda. Ba'zilar import aslida oşmadi, liberallaşuv siyosati natijasida «rasmiylaşdi» deyişi mumkin. Lekin liberallaşuv siyosatining iqtisodiyotning ba'zi tarmoqlaridagi işlab çiqarişning kamayişi bilan töğri kelişi, haqiqatan ham import oşganini bildiradi.
Oxirgi yillarda inflatsiyani jilovlaşga siyosiy xohiş borligi körinib turibdi. Jumladan, inflyatsion targetlaşga ötiş va budjet qonun körinişida qabul qilinişi bir tarafdan siyosiy tartibni ta'minlaydi va davlat pul-kredit va fiskal siyosati borasidagi işlarning aniqligi oşişi hisobiga inflyatsion kutilmalarni jilovlanişiga xizmat qiladi.
Inflatsiya sözi aslida nazariy tuşunça bölib, uni baholovçi körsatkiçlar odatda iste'mol narxlar indeksi (INI) hisoblanadi. Bu indeksni hisoblaş uçun aholi farovonligini ta'minlovçi tovar va xizmatlar röyxati, ularning ahamiyatlilik darajasi va narxlaridagi özgarişlar böyiça ma'lumotlar kerak böladi. Bu röyxatni şakllantirişda turli davlat idoralari bir-biriga öxşamagan hisob-qitoblar qiladi. Şu sababli hukumat va Markaziy bank inflatsiya darajasini ikki xil raqamda aytadi.
Xulosa
Har bir ötiş davrida qiyinçiliklar böladi, busiz imkoni yöq. 3 yil oldin boşlangan iqtisodiy özgarişlar ham mavjud şart-şaroitlarga moslaşib olişi uçun yöqotişlar bölişi kutilgan holat, albatta. Sohada markazlaşuvning biroz çekinişi narxlar oşişiga, natijada, narxlar oşişiga, inflatsiyaga olib keldi. Yuqorida aytilganlar asosiy omillar böldi. Har dardning davosi bölganidek, narxlarni ham barqarorlaştiriş imkoni mavjud. Heç kimga sir emas: iqtisodiyotda töğri mexanizmlar qöllansa, fuqarolarning tölov qobiliyati barqarorlaşadi. Yuqori inflatsiyani vaqtinçalik holat sifatida qabul qilib, biroz muddatdan söng vaziyat yaxşilanişiga umid qilamiz.