Özbekistonga taglik importidagi sezilarli pasayiş fonida narxlar oşişi kuzatilmoqda. Bu haqda Kun.uz suhbatlaşgan qator dökondorlar ma’lum qildi.

Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida ayollar va bolalar uçun gigiyenik prokladka va tagliklar importi 2112 tonnani taşkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri (3826 tonna) bilan taqqoslaganda, 1714 tonnaga yoki 1,8 barobarga kam.

Bu toifadagi mahsulotlarni olib kiriş qiymat jihatdan 2,7 barobarga kamaygan: ikki oylik import ötgan yilgi 15,2 mln dollardan bu yil 5,6 mln dollargaça qisqargan.

Kun.uz bu holatga e’tibor qaratişiga ijtimoiy tarmoqlarda bolalar tagligi uçun sertifikat joriy etilgani va import tagliklarga sertifikat berilmayotgani haqida tarqalgan miş-miş sabab böldi. Tahririyat bu qançalik haqiqatga yaqinligi böyiça izoh berişini sörab, Texnik tartibga soliş agentligiga savol yölladi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonga ayollar va bolalar gigiyenik prokladka va tagliklari importining umumiy qiymati 2023 yilda 102,8 mln dollar, 2024 yilda 86,9 mln dollarni taşkil etgan.