Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov Twitter'dagi sahifasida kambağallikning sabablari haqida tvit qoldirdi.
“Xalqaro mezonlarga köra, 7 yil avval 34 foiz aholi kambağal edi, 2023 yilda 14 foizga kamaygan. Kambağallik mağlubiyatdir! Kim kambağal böladi? Harakati, ilmi, hunari yöq odam kambağal böladi!
Davlat qança harakat qilmasin, mağlublar kambağal bölib qolaveradi!” – deb yozdi u.
Qodirovning fikrlari tarmoq foydalanuvçilari orasida bahslarga sabab böldi. Köplab foydalanuvçilar u kambağallarning özini aybdor qilayotganini qoraladi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev bu borada kinoyali tvit qoldirdi.
“Töğri, ilmi, hunari yöq, dangasa odam kambağal bölişi mumkin. Lekin bu hamma kambağal şunday degani emas. Xuddi ahmoq odamlar ham deputat bölişi mumkin-u, lekin bu hamma deputat ham ahmoqligini anglatmagandek”, – dedi Ğaniyev.
U Nobel sovrindorlari A.Banerji va E.Dufloning fikrlarini keltirib, odamlar mehnat qilmagani uçun emas, balki köp hollarda “kambağallik qopqoni” (oçlik, kasallik, işsizlik, ta’lim ololmaslik)ga tuşib qolişi ortidan qaşşoqlikdan çiqolmasligini ta’kidladi.
Doniyor Ğaniyevni qöllab-quvvatlaganlar tarmoqdagi bahs iştirokçilarining katta qismini taşkil qildi. Ammo uni masalaning mohiyatini anglab yetmasdan birovni ahmoqqa çiqargan nodon deb ataganlar ham böldi.
Alişer Qodirov, Ğaniyevning ismini tilga olmasdan, deputatlar ahmoq bölişi mumkinligi haqidagi fikrni kaltabinlik, qolaversa saylovçiga, mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşgan va qöşayotgan amaldagi va sobiq deputatlarga nisbatan hurmatsizlik deb baholadi. U kambağallar kambağallikdan çiqişi uçun özi harakat qilişi kerakligini aytdi.
“Fikr egasining bu xulosaga qanday kelganini sörab köriş kerak, çunki uning juda yaqin qarindoşlari içida öz davrining fidoyi deputatlari bor. Har holda insonni ahmoq deyiş uçun uni juda yaqindan biliş kerak. Şaxsan men bunday deputatlarni bilmayman.












