Tendersiz, tanlovsiz, ammo imtiyozlar bilan topşirilgan “Özbekkömir”

2019 yilda Rossiyaning “ProgressGortex” MÇJ “Özbekkömir” AJga işonçli boşqaruvçi sifatida jalb qilindi. Bunda “Özbekkömir” ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalar paketi işonçli boşqaruvga berilişi nazarda tutilgandi.

Biroq öşa yili oktyabr oyida qarorga özgartirişlar kiritildi va “Özbekkömir” Rossiya kompaniyasiga işonçli boşqaruvga berilmaydigan böldi.

Işonçli boşqaruvçi tendersiz, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş asosida tanlanadigan böldi.

2020 yilda davlat aktivlarini boşqariş agentligi ötkazgan matbuot anjumanida “Özbekkömir” AJ Qozoğistonning “Central Asia Energy” kompaniyasiga işonçli boşqaruvga berilgani ma’lum böldi.

Qarorga köra, “Özbekkömir”ni işonçli boşqaruvga oladigan kompaniya jamiyatning rivojlantiriş strategiyasini amalga oşirişi kerak edi. Biroq bu rivojlantiriş strategiyasida nimalar nazarda tutilgani, işonçli boşqaruvçining qanday majburiyatlari borligi kabi masalalar yopiqligiça qoldi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil noyabrdagi 909-sonli qarori, işonçli boşqaruvçining jamiyatni rivojlantiriş strategiyasi va işonçli boşqaruvga beriş töğrisida tomonlar örtasida tuzilgan şartnoma – yopiq.

Majburiyatlar, javobgarlik masalalari oçiqlanmagan holda, 2019 yildagi qaror bilan, istisno tariqasida, 2024 yil 1 yanvarga qadar işonçli boşqaruvçiga bir qator imtiyozlar berildi. Jumladan, u yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği, litsenziyalaş va sertifikatlaş bilan boğliq tölovlar, yiğimlar va davlat bojlari hamda bojxona bojlarini tölaşdan ozod qilindi.

Öz navbatida, “Özbekkömir” AJga ham soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Majburiyatlar

Kömir sanoatining bevosita içidagi manba Kun.uz'ga Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, “Central Asia Energy” va “Özbekkömir” AJ örtasida 2020 yilda tuzilgan şartnomani taqdim etdi.