«Özbekkömir»ning 45 foiz uluşi Rossiya kompaniyasiga işonçli boşqaruvga berilmaydigan böldi. Özbekiston Respublikasi prezidenti 24 oktabr kuni bu haqdagi tegişli qarorni imzoladi.

Qayd etilişiça, hujjat «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatining boşqaruv tizimi samaradorligini oşiriş, şuningdek, kömir qazib olişni yanada köpaytiriş maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 7 martdagi «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatini boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4234-son qarorida 1-5-bandlar hamda 1-ilova öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi. 6-banddagi «ProgressGorTex» MÇJ (Rossiya Federatsiyasi)» sözlari «işonçli boşqaruvçi» sözlari bilan almaştiriladi. 10-bandning «v» kiçik bandi ikkinçi xatboşisi «bojxona rasmiylaştiruvi» sözlaridan oldin «qöşilgan qiymat soliği va» sözlari bilan töldiriladi.

Eslatib ötamiz, prezidentning 2019 yil 7 martdagi «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatini boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida «ProgressGorTex» MÇJ (Rossiya Federatsiyasi) şö'ba xöjalik jamiyati-işonçli boşqaruvçi «Özbekiston temir yöllari»AJning «Özbekkömir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining işonçli boşqaruvçisi sifatida jalb etilişi belgilangandi.

Şuningdek qaror bilan, «Özbekkömir» AJga istisno tariqasida, aksiyalarni işonçli boşqaruvga topşirilişiga qadar, «ProgressGorTex» MÇJ bilan kelişgan holda tegişli ravişda ekspertizadan ötkazilgan kon-transport va yordamçi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari ötkazmasdan, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş asosida yetkazib beriş böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuzişga ruxsat berilgandi.

Ma'lumotlarga köra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadeviç Yemelyanov tomonidan taşkil etilgan.