Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filiali tashkil etildi
“N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi.
Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sog‘liqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hisoblanadi.
Filial universitetning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ta'lim jarayoni rus tilida olib boriladi.
Filial ta'lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi. Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.
2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston fuqarolaridan 35 nafarining quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ordinatura dasturlariga muvofiq universitetda ta'lim olishi tashkil etiladi:
- radiologiya;
- onkologiya;
- gematologiya;
- bolalar onkologiyasi;
- endokrinologiya;
- nefrologiya;
- pulmonologiya;
- rentgenendovaskulyar tashxis va davolash;
- yurak-qon tomir jarrohligi;
- pediatriya;
- allergologiya va immunologiya;
- neyroxirurgiya.
Davlat granti asosida tahsil olgan filial bitiruvchilari O‘zbekiston davlat tibbiyot muassasalarida kamida 5 yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiqda “Aqlli shahar” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi
O‘zbekiston | 10:12
-
Qamchiqda qor to‘xtadi: qatnov cheklovsiz davom etmoqda
Jamiyat | 10:06
-
Toshkent viloyatida soliqchi, Navoiyda sport maktabi direktori va hisobchisi pora bilan ushlandi
Jamiyat | 09:58
-
Belgiyada NATO bazasi va aeroportlari ustida dronlar payqaldi
Jahon | 09:47
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022