Toshkentdan Moskva, Novosibirsk va Maxachqal’aga muntazam aviaqatnovlarda parvoz qiling va yaqinlaringiz bilan uchrashing, biznes sayohatlarini, dam olishni rejalashtiring yoki Uzbekistan Airways bilan o‘qish bo‘yicha sayohatni oson va qulay tarzda amalga oshiring.

Moskva aviakompaniya yo‘lovchilari orasida eng talabgir yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu nafaqat ishbilarmonlik markazi, balki sayyoh bo‘lish uchun ham qiziqarli joy. Keng qirg‘oqlar, muzeylar, teatrlar, gastronomik kvartallar va shinam bog‘lar shaharning ko‘p qirrali bo‘lishini ta’minlaydi. Kundalik aviaqatnovlar bir vaqtning o‘zida poytaxtning ikkita aeroportiga: Domodedovo va Vnukovoga amalga oshiriladi.

Toshkent – Moskva: 1 313 000 so‘mdan boshlab

Toshkent – Moskva – Toshkent: 3 810 000 so‘mdan boshlanadi

Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida Rossiyaning eng rang-barang shaharlaridan biri – Maxachqal’a joylashgan. Bu yerda hamma narsa janub quyoshi, ziravorlar ifori va iliq mehmondo‘stlik bilan to‘yingan. Parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent – Maxachqal’a: 1 802 000 so‘mdan boshlab

Toshkent – Maxachqal’a – Toshkent: 3 759 000 so‘mdan boshlanadi

Novosibirsk – Sibirning jadal rivojlanayotgan megapolisi, muhim ilmiy va sanoat markazi. Bu yerda o‘ziga xos muhit seziladi: shinam, ammo zamonaviy, yorqin madaniy sahna va faol shahar ritmi. Toshkentdan parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent – Novosibirsk: 1 147 000 so‘mdan boshlab

Toshkent – Novosibirsk – Toshkent: 3 749 000 so‘mdan boshlanadi

Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki Google Play va App Store’da yuklab olish mumkin bo‘lgan mobil ilovada xarid qiling.