Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ZEEKR Tashkent International Auto Show 2025 da elektromobillarning beshta modelini taqdim etdi
24.10.2025, Toshkent, O‘zbekiston - ZEEKR’ning TIAS 2025 dagi ishtirokini kompaniyaning Markaziy Osiyo bozorlariga sadoqatini ta’kidlaydi va uning xalqaro faoliyatini mustahkamlaydi.
Foto: ZEEKR
22–24 oktabr kunlari “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar markazida avtomobil bozoriga bag‘ishlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik tarmoq tadbiri – Tashkent International Auto Show 2025 (TIAS 2025) bo‘lib o‘tdi. Yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchilari va dilerlarining yetakchi ko‘rgazmasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetkazib beruvchilar, investorlar va distribyutorlarni birlashtiradi.

Ko‘rgazmaning asosiy qatnashchilaridan biri ZEEKR – Geely Holding Group boshqaruvi ostidagi intellektual elektromobillarning premial brendi bo‘ldi. Brend O‘zbekiston bozorida 2024 yil mart oyida rasman taqdim etilgan va o‘tgan davr mobaynida avtohavaskorlar e’tirofini qozonishga ulgurdi. TIAS 2025 da ZEEKR bir vaqtning o‘zida beshta modelni taqdim etdi:
ZEEKR 001, besh eshikli premial sport elektromobili;
ZEEKR X, nafis dizayn va intellektual salonga ega ixcham shahar yo‘ltanlamasi;
ZEEKR 7X, o‘z ichida tengsiz qulaylik va jo‘shqinlikni uyg‘unlashtirgan hashamatli elektr yo‘ltanlamas;
ZEEKR 007GT, qulaylik va futuristik dizaynning ideal muvozanatiga ega universal avtomobil;
ZEEKR 009, hashamatning yangi ufqlarini ochuvchi to‘liq elektr miniven.

ZEEKR mijozlarga yanada aqlli, qulay va ekologik toza yechimlarni taklif etishga intilib, modellar qatorini kengaytirish, texnologiyalarni takomillashtirish va foydalanuvchi tajribasining sifatini oshirish ustida muntazam ish olib bormoqda.
Masalan, kompaniya xavfsiz va qulay avtonom safarlarni ta’minlashda ham apparat, ham dasturiy muhandislik alohida ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Shu sababli ZEEKR’ning eng yangi ishlanmalaridan biri — bu NVIDIA DRIVE AGX Thor bazasida yaratilgan boshqarishning intellektual kontrolleri bo‘lib, u intellektual boshqarishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqib, mashinani avtomatik joylashtirish funksiyasini ta’minlay oladi.

Bundan tashqari, ZEEKR, navigatsiyadan tortib to musiqa va ovozli boshqaruvgacha — avtomobildagi multimedia tizimlaridan foydalanishni yanada qulay va butun dunyodagi mijozlar uchun jozibali qilish maqsadida, Qualcomm Technologies Inc. kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish haqida e’lon qildi. Yangi, yanada qudratli Qualcomm chiplariga ega ZEEKR avtomobillari yuqori energiya samaradorligini saqlagan holda, haydovchi va yo‘lovchilarni raqamli tizimlardan foydalanishning yanada ilg‘or darajasi bilan ta’minlaydi.

O‘zbekiston bozorida ZEEKR kabi texnologik ilg‘or va istiqbolli brend faoliyatining mustahkamlanishi — butun mamlakat avtomobil tarmog‘ining rivojlanishidagi muhim qadamdir. Kompaniyaning TIAS 2025 dagi ishtiroki jahon ishlab chiqaruvchilarining mintaqaga qiziqishini namoyon etibgina qolmay, mamlakat ekologik toza transport sohasidagi global tendensiyalarning bir qismiga aylanayotganini ham isbotlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilar, hamkorlar va zamonaviy transport ekotizimi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Sayt: zeekr-cars.uz
Instagram: @zeekr.uzb