Toşkent va Navoiy viloyatlarida korrupsiya holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyati Soliq boşqarmasining sayyor soliq tekşiruvlari bölimi katta inspektori öz xizmat mavqeidan foydalangan holda “daromad” körmoqçi bölgan. U Angren şahrida faoliyat yurituvçi, boğdorçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalikda ötkazilayotgan sayyor soliq tekşiruvini ijobiy hal qilib, bir yil davomida soliq organlari tomonidan tekşiruv ötkazmaslik evaziga xöjalik rahbaridan 5 ming dollar miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda soliq inspektori uşbu pul mablağini tamagirlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Navoiy viloyatidagi tumanlardan biridagi bolalar va ösmirlar sport maktabi direktori hamda boş hisobçisi esa özaro til biriktirib, maktab murabbiyiga ajratilişi lozim bölgan xizmat safari pulidan “uluş” olmoqçi bölişgan.

Xususan, ular joriy yilning mart va may oylarida para yengil atletika sport turi böyiça murabbiy 8 nafar sportçi bilan Toşkent viloyatida ötkazilgan musobaqada iştirok etgani böyiça tölanişi kerak bölgan jami 40 mln 722 ming söm miqdoridagi xizmat safari pullarini tölab beriş evaziga uşbu summadan 40 foizini, ya’ni 16 mln sömdan ortiqroq qismini berişini talab qilişgan. Söngra boş hisobçi murabbiyning bank plastik kartasiga xizmat safari puli hisobidan 10 mln söm ötkazib berib, şundan 3 mln sömini pora sifatida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uşlangan.

Har ikki holat yuzasidan mazkur mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi tegişli bandlari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Andijonda tuman hokimi örinbosari 15 ming dollar pora bilan uşlangandi.