O‘zbekiston | 22:18 / 05.07.2020
48457
4 daqiqa o‘qiladi

«O‘tgan yili 600-800 minglik «dacha»lar 1,5-2 millionga chiqib ketgan. Bir kecha qolish uchun 20 mln to‘lanadigan joylar ham bor» – Bosh vazir o‘rinbosari

Bo‘stonliqda o‘tgan yili 600-800 ming so‘m bo‘lgan joylar hozir 1,5-2 millionga chiqib ketgan, bir kecha qolib dam olish uchun 10, 15, 20 million to‘lanadigan joylar ham bor. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2 iyul kuni uyushtirilgan brifingda ma'lum qildi.

«Pandemiya sababli aholimizda chet elga chiqish imkoniyati yo‘q. 2019 yilda 606 ming nafar o‘zbekistonlik dam olish maqsadida turli xorijiy davlatlarga borishgan va o‘zlari borgan mamlakatlarda jami 1,5 mlrd dollar atrofida xarajat qilishgan. Bu yil chetga chiqishning imkoni bo‘lmagani uchun O‘zbekistonning o‘zida hordiq chiqarishlariga to‘g‘ri keladi.

Bo‘stonliqdagi dala-hovlilar oldin xususiy uylar bo‘lgan. Yillar davomida boshqa hududlarda yashovchilar, asosan, toshkentliklar kelib ularni sotib olib, villa ko‘rinishiga keltirishgan.

Aziz Abduhakimov

So‘nggi yillarda bu yerdagi dala-hovlilarning narx-navolari ikki barobar oshib ketgan. Oldingi yil o‘rtacha olganda 600-800 ming so‘m bo‘lgan joylar bu yilga kelib, bu yilga kelib 1,5 – 2 millionga chiqib ketgan. Undan ham qimmatroq – 10, 15, 20 millionlik joylar ham bor. Bu bir kecha qolib dam olish uchun belgilangan narxlar.

Natijada aksariyat yurtdoshlarimizning bunga qurbi yetmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliqda dam olgandan boshqa davlatga borib dam olib kelish arzonroqqa tushadi, degan fikrlarni o‘qiyapmiz», deya Aziz Abduhakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bosh vazir o‘rinbosari Bo‘stonliqda barpo etilayotgan Chorvoq turistik zonasida aholiga qulay, arzon va xavfsiz sharoitlar yaratib beriladi. Oddiy odamlar ham oilasi bilan bu yerga kelib bemalol hordiq chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Foto: dachavip.uz

«Davlat rahbarining ko‘rsatmasiga asosan yangi reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra aholimizga qulay, arzon va xavfsiz bo‘lgan sharoitlar yaratib berish harakatidamiz. Shu nuqtai nazardan bu yerda infrastruktura masalalarini ham joyiga keltirishimiz kerak. Yo‘llarning sifatini yaxshilashimiz zarur.

Arxitektorlarimiz va boshqa mutaxassislarimiz tomonidan Chorvoq turistik zonasining bosh rejasi ishlab chiqilgan. Unga asosan bu yerda ko‘plab qaysi joylarda dam olish maskanlari, qayerlarda barcha dam olish maskanlariga xizmat ko‘rsatuvchi umumxo‘jalik infratuzilma barpo etilishishi ko‘rsatib berilgan», deydi u.

Avvalroq Oliy sud raisi o‘rinbosari Bo‘stonliqqa sayyohlar kelishidan shu yerdagi xalqqa ko‘proq foyda bo‘lishini aytgan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 