Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida noqonuniy dala hovlilarning buzilişi böyiça press-tur taşkillaştirildi. Press-turda iştirok etayotgan Oliy sud raisi örinbosari Xolmömin Yodgorov hududda olib borilayotgan «snos» işlari böyiça izoh berdi.

«Böstonliqda arzon, sifatli va xavfsiz hordiq uçun muhit yaratiş vazifasi qöyilgan. Buning uçun esa yöllarni, infratuzilmani töğrilab olişimiz kerak. Böstonliqqa sayyohlar ham keladi. Bundan kimga foyda? Şu yerdagi xalqqa foyda. Ma'lum tölov evaziga sayyohning xizmatini, çoyini qilib beradi.

Ammo yöl çetlarida, daryo böyida, kuçli elektr quvvati ötgan nuqtalarda quriliş qiliş mumkin emas. Holatni örganiş mobaynida elektr simi ötgan joyda ham, yölning çetida ham qurilişlar qilinganiga guvoh böldik. Odamlar yurişiga yölakça ham yöq, uylariga qöşib olgan. Birinçi navbatda – xavfsizlik degan narsa kerak. Şuni aholiga töğri tuşuntira olişimiz kerak.

Yuqorida yoş bolalarning sil kasalliklari şifoxonasi bor. Butun respublikadan bolalar kelib davolanişadi, öqişadi. Hatto şu hududlar ham talon-toroj qilingan. Kimdir uy qurib olgan, kimdir endi uy quryapti», deya Yodgorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Mas'ulning sözlariga köra, buzilayotgan uylarning aksariyati qalbaki hujjat asosida qurilgan.

«Bir ayolning suv böyida qurilgan uyi buzilyapti. Ayol esa ijtimoiy tarmoqqa çiqib olib, dod-voy solib, uyimni ogohlantirişsiz buzişyapti deyapti. Vaholanki, ikki oydan beri ogohlantirib kelyapmiz. Bu yerda quriş mumkin emas, deb qança aytdik. Hujjatim bor deb çiqdi. 2019 yilda 1998 yilgi hujjatni qalbakilaştirib olgan. Çunki qaynotasi mahalla raisi bölgan. Hujjati qonuniy bölib, jamoat ehtiyoji uçun uning mulki yoki yeri olinganida, sözsiz kompensatsiya berilardi. Ya'ni yeri uçun yer, uyi uçun uy, agarda u uyi bitgunça ijarada yaşasa, ijara puli ham beriladi.

Bu yerdagilarning köpçiligi noqonuniy, hujjati qalbaki bölgan uyga katta mablağ sarflagan. «Daça»larning köpçiligi xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Yer berişning ham tartib-qoidasi bor. Quriliş qiladimi, «daça» quradimi, tartibga böysunişi kerak. Böstonliq – toğli hudud. Ertaga kimningdir uyiga sel kelişi, turgan joyi öpirilib tuşişi mumkin. Buzilayotgan uylar 2018 yilda 20 apreldagi özboşimçalik bilan qurilgan uylarga berilgan bir martalik davlat aksiyasidan keyingi uylar. Ungaça bölgan uylarning barçasini hujjatlaştirib berganmiz. Davlat heç kimni köçada qoldirmoqçi emas, heç kimning uyini buzmoqçi emas. Lekin noqonuniy qurilgan uylarga jim qarab tura olmaymiz. Bir yil içida 1193 gektar yer qaytarib olindi», deydi Xolmömin Yodgorov.