«Fuqarolar jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan rad etildi
Qayd etilishicha, milliy qonunchilikda fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtirokining huquqiy asosi mavjud emas. Fuqarolarning jamiyat tartibini saqlashda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi ichki ishlar va boshqa organlar bilan hamkorlik masalalari tartibga solinmagan. Mazkur kamchiliklarin bartaraf etish maqsadida «Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, unda bir qator nomuvofiqliklar mavjud.

Senatning 5-yalpi majlisida «Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonovga ko‘ra, qonunda konseptual kamchiliklar mavjud.
«Qonunning 7-moddasida fuqarolar jamoat tartibini saqlashda ishtirok etganda huquqbuzarlik prlofilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar bilan hamkorlik qilishi belgilangan. «Huquqbuzarlik profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunda Ichki ishlar, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Adliya, davlat bojxona xizmati, davlat soliq xizmatidan tashqari mehnat, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari, ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari ham huquqbuzurlik profilaktikasini amalga oshiruvchi tashkilotlar sirasiga kiradi. Biroq yangi qonunda ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlari aks ettirilmagan.
Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi jarayoni bilan bog‘liq cheklovlar – yosh toifasi, sudlanganlik holati, muomalaga layoqatlilik darajasi va boshqa holatlar to‘liq eks ettirilmagan.
Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirokini ta'minlashda ularning maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi – birinchi yordam ko‘rsatishni o‘rgatish, huquqiy, jismoniy tayyorgarlikdan o‘tkazish, himoya vositalari bilan ta'minlash, ularning hayotini sug‘urtalash kabilar ko‘rsatilishi kerak.
Qonunda fuqarolarning jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish maqsadida jamoat tuzilmalari tuzish va ularning faoliyatida qatnashish, jamoat tartibini saqlashda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish bilan bog‘liq shakllar bayon etilmagan», deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda senatorlar «Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonunni rad etishdi.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
Jamiyat | 15:18
-
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi
Jahon | 15:16
-
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:12
-
O‘zbekistonda Wildberries'dan qo‘shimcha 4 mln dollar soliq undirildi
Iqtisodiyot | 15:01
Mavzuga oid

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

12:15 / 22.02.2025
O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga qo‘shilmoqda

20:46 / 21.02.2025
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

23:15 / 20.02.2025