Qashqadaryoda audiosi tarqab ketgan hokim ishdan olindi. Zoir Mirzayev uni viloyat sha'niga dog‘ tushirishda ayblagandi
Mirishkor tumanida mahalla raislarini so‘kib haqoratlagan hokim Baxtiyor Rajabov ishdan olindi.

Baxtiyor Rajabov / Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida tuman hokimi Baxtiyor Rajabov ishdan olindi. Bu haqdagi ma'lumot Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.
Sessiyada nutq so‘zlagan viloyat hokimi Zoir Mirzayev Baxtiyor Rajabovni xalq bilan hisoblashmaslikda ayblagan.

Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ham ishtirok etgan yig‘ilishda tumanga yangi rahbar tayinlangan.
Endilikda Mirishkor tumaniga G‘.Begaliyev yangi rahbar etib tayinlangan. U shu vaqtgacha Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishli ekani aytilgan audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o‘z vaqtida ta'minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba'zilarni urgani eshitilgan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi bu audio bo‘yicha munosabat bildirib, Baxtiyor Rajabov 28 fevral kungi yig‘ilishda qo‘l ostidagilarni haqorat qilganini tasdiqladi, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham ushbu xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.
3 mart kuni Qashqadaryo viloyat hokimligidagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi va unda viloyat rahbari Zoir Mirzayev Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiosi bo‘yicha munosabat bildirdi.
«Ish faoliyatimizning ko‘p qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan o‘tib ketyapti. Mirishkorning zo‘ravon hokimi o‘z xatti-harakati bilan viloyat nomiga dog‘ tushirdi. Biror bir hokimda yaxshi tashabbus ko‘rmaymiz, odamlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski, zamon o‘zgarayotganini siz rahbarlar sezmayapsizlar», degandi u.
- Ma'lumot uchun, Baxtiyor Eshtemirovich Rajabov 2018 yilgacha Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga rahbarlik qilgan, 2018 yilning dekabrida ishdan olingan, ammo 2019 yilning martida u Qarshi shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, ko‘p o‘tmay viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylangan, ammo 2019 yil oktyabrida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishdan ketgach, uning o‘rinbosarlari qatorida Baxtiyor Jo‘rayev ham lavozimidan ozod etilgan va Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda Baxtiyor Rajabovga va Xurram Jo‘rayevga O‘zbekiston prezidenti «so‘nggi imkon» berayotgani ta'kidlangandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

17:07 / 06.01.2024
Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

16:59 / 14.10.2023
Qashqadaryoda baliq ovlagani borgan fuqaro cho‘kib ketdi

17:49 / 03.08.2023
Mirishkor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

15:14 / 12.12.2022