Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qaşqadaryo viloyatiga safari vaqtida viloyatdagi uç tuman va bir şahar hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Qamaşi tumani hokimi Faxriddin Omonoviç Döstmurodov örniga Şerali Sanayev yangi rahbar etib tayinlangan. Sanayev şu kungaça Bekobod tumani prokurori sifatida işlab kelayotgandi.

Yakkaboğ tumani hokimi Jahongir Abdujaliloviç Boboyev ham lavozimdan ozod etilib, uning örniga Qaşqadaryo viloyati örmon xöjaligi boşqarmasi boşliği Şomurod Donayev yangi hokim etib tayinlangan.

Koson tumani hokimi Baxtiyor Eşitemiroviç Rajabov işdan olinib, uning örniga Qaşqadaryo viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Asror Boyqorayev yangi rahbar bölgan.

Şahrisabz şahri hokimi Ismat Nusratoviç Nusurov ham işdan olinib, uning örniga «Özsanoatqurilişbanki» boşqarma boşliği örinbosari Tölqin Karimov yangi hokim sifatida iş boşlagan.

Şuningdek, Şahrisabz tumani hokimi Isroil Ibrohimoviç Omonov, tuman prokurori, tuman IIB boşliği hamda tuman DSI boşliğiga ogohlantiriş berilgan. 

Ma'lumot uçun, Isroil Omonov şu yilning oktabrida Xolbobo Bozorov örniga Şahrisabz tumani hokimiga aylangandi.

Bundan avvalroq, prezident Qarşi şahri «törtligi»ni tanqid qilib, ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.