Jahon | 19:41 / 03.02.2017
9817
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Shvartsenegger munozarasi davom etadi: Endi aktyorning gubernatorlik davri eslandi

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitteri orqali Kaliforniyaning sobiq gubernatori, Hollivud aktyori Arnold Shvartseneggerni gubernatorlikdagi muvaffaqiyatsizligini tanqid qildi.

Bundan oldinroq Shvartsenegger Trampning muhojirlar haqidagi farmonini tanqid qilib o‘tgandi.

Undan oldin esa Tramp Shvartseneggerni «Mashhur shaxsning shogirdi» teleshousining reytingi pastligi uni mazax qilgandi.

Keyin esa aktyor prezidentga o‘rinlarni almashishni taklif etdi.

Endi Tramp Shvartseneggerning Kaliforniya gubernatorligi lavozimidagi faoliyati juda ham yomon bo‘lgani, teleboshlovchiligida esa yana ham yomonroq ishlayotgani haqida yozdi.

«Ammo nazarda tutish kerakki, u juda qaridi!» – deya qo‘shimcha qilgan prezident.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid