Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori, Hollivud aktyori Arnold Şvartsenegger AQŞ prezidenti Donald Trampdan özining Oq uydagi joyini böşatib berişni söradi. Bu haqda aktyor prezident uning iştirokidagi The Celebrity Apprentice («Maşhur şaxsning şogirdi») şousining reytingi pastligida ayblagaç, tvitterida videomurojaat orqali aytgan.
«Ey Donald, menda ajoyib ğoya bor. Joylarimizni almaşmaymizmi? Modomiki sen yuqori reytinglar böyiça mutaxassis ekansan, televideniyega qayt. Men esa odamlar yana tinç uxlaşi uçun öz işimni qila boşlayman», degan sobiq gubernator.
2 fevral kuni AQŞ prezidenti Tramp Milliy ibodat nonuştasida mehmonlarni televideniyeda reytingi tuşib borayotgan Şvartsenegger uçun ibodat qilişga çaqirgan.
«Biz barçasi qanday bölayotganini körib turibmiz: reyting plintusgaça şönğimoqda. Bu falokat. Arnold uçun duo qilaylik, biz uning reytingi kötarilişida yordam beraylik, okey?», degandi Tramp.
Undan oldin ham Tramp Şvartseneggerni teleşousining reytingi pastligi uçun mazax qilgandi.
«Reytinglar e'lon qilindi, Arnold Şvartsenegger reytinglar ustasi Donald Jon Tramp bilan qiyoslaganda jiddiy talafot kördi», — deb yozgandi davlat rahbari.
Şouga ilgari, 2008 yildan buyon Trampning özi boşlovçilik qilar edi, ammo 2015 yilgi saylovoldi kampaniyasidagi provokatsion çiqişlari bois u şoudan haydaldi. Şu oyda şou qaytadan boşlandi, endi unga Şvartsenegger boşlovçilik qilmoqda.

Raqamlar prezidentning gaplari töğriligini körsatmoqda: 2004 yilning yanvarida şou epizodlaridan birini 18,5 million kişi tomoşa qilgan, Şvartseneggerning şu yil yanvaridagi debyuti esa 4 millionga yaqin teletomoşabinni öziga jalb eta oldi.

















