O‘zbekiston | 16:12 / 25.01.2020
50965
2 daqiqa o‘qiladi

Yana is gazi va yana Jizzax: bir oilaning 3 farzandi vafot etdi, ona reanimatsiyada

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Ziyokor mahallasida uch nafar aka-uka va ularning onasi is gazidan zaharlandi. Fojia oqibatida bolalar vafot etishgan, ona – reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, baxsiz hodisa bugun, 25 yanvar kuni tong soat 5:10lar atrofida ro‘y bergan

Ta'kidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma'lumotlarning barchasi ham to‘g‘ri emas, ya'ni ular ovqatdan emas, is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

Eslatib o‘tamiz, is gazi 9 yanvar kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ham bir oilaning 4 a'zosini hayotdan olib ketgan edi. «Ko‘kgumbaz» MFYga qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi ota-ona hamda ularning ikki farzandi halok bo‘lgan edi.

Yanvar oyida, shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanida ona va ikki yoshli farzandi, Farg‘ona viloyati Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Mavzuga oid