Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida ikkita yangi massiv barpo etiladi
Samarqand shahrida qariyb 200 ming aholi yashaydigan ikkita yangi massiv barpo qilinadi. Bu haqda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatini rivojlantirishning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi»ga ko‘ra yangi tartib asosida Samarqand shahrining temir yo‘l vokzali orti (Zaliniya) hududidagi 3 mingga yaqin eski hovlilar o‘rnida 100 mingdan ortiq aholi uchun 29 ming xonadonli 474ta ko‘p qavatli uy qurish belgilangan.
Bundan tashqari, M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘li va Samarqand xalqaro aeroporti yaqinida, Qoradaryoning o‘ng sohilida yangi «Shirin» massivi barpo qilinadi. Bu massivda 295 gektar maydonda 90 ming aholiga mo‘ljallangan yangi shaharcha bunyod etilib, 148ta ko‘p qavatli uy barpo qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, «Shirin» massivida sayyohlik markazi va mehmonxonalar ham qurilishi rejalashtirilgan. Shaharchani Samarqand shahri bilan bog‘lash uchun Qoradaryo ustiga yangi ko‘prik quriladi.
Qayd etilishicha, mazkur rejalar bajarilishi hisobiga 190 mingdan ortiq aholi zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylar bilan ta'minlanadi.
Ma'lumot uchun, Samarqand shahrida ikkita yangi massiv qurilishi haqida ilk bor prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15–16 aprel kunlarida Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ma'lum qilgandi. Shuningdek, bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Kun.uz sayti uchun bergan intervyusida ham aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025