Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahar hududi 30,5 ming gektarga kengaytiriladi. Beshta yangi tuman tashkil etiladi
Samarqand shahri hududi 30,5 ming gektarga kengaytiriladi. Shaharda beshta tuman tashkil etiladi. Bu haqda 15 aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyevga shaharning bosh rejasi va uning hududini kengaytirish loyihalari taqdim etilganda ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, Samarqandda tashkil etiladigan tumanlarning nomi Yangikent (Zarafshon), Siyob, Sug‘diyona, Bog‘i Shamol va Maroqand bo‘ladi. Shaharga uning atrofidan 30,5 ming gektar yer maydoni qo‘shilishi natijasida uning aholisi 1 million nafardan oshadi.
Avvalroq, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahrida joriy yil oxirigacha beshta tuman tashkil etilishi va shahar aholisi million nafarga yetkazilishi haqida gapirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2003 yilgacha Samarqand shahrida uchta – Siyob, Bog‘ishamol va Temiryo‘lchi tumanlari bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shaharlarining tuman ma'muriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori bilan Samarqand shahridagi Siyob, Temiryo‘lchi va Bog‘ishamol tumanlari tugatilgan.
Bundan tashqari, yuqoridagi qaror bilan Buxoro shahridagi F. Xo‘jayev va To‘qimachilar, Namangandagi Davlatobod tumanlari tugatilgan. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 noyabrdagi qaroriga muvofiq, Namangan shahrida Davlatobod tumani qayta tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid
10:53 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
11:40 / 17.11.2025
Samarqandda Damas-2 va Onix to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
15:37 / 02.11.2025