Jahon | 23:48 / 15.04.2020
20810
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada koronavirus tarqalishiga qarshi choralar yumshatiladi. 20 apreldan do‘konlar, may oyidan maktablar ochiladi

Avvalroq Yevropaning yana bir davlati Daniya maktablar ochilishi va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha ayrim cheklovlar olib tashlanishi haqida e'lon qilgandi.

Foto: Hendrik Schmidt /DPA

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatning koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan izolyatsiya rejimidan chiqish konsepsiyasini taqdim etdi.

Ma'lum qilinishicha, maydoni 800 kvadrat metrgacha bo‘lgan nooziq-ovqat do‘konlari zarur sanitariya choralariga rioya qilgan holda faoliyatini boshlashi mumkin.

Maktablar 4 maydan ochiladi — dastlab bitiruvchi sinflar, so‘ngra quyi sinflar uchun o‘qishlar boshlanadi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi yoz oxirigacha taqiqlanishi rejalashtirilgan.

Hukumat vaziyatni kuzatib boradi va har ikki haftada zarurat bo‘lsa strategiyani to‘g‘rilab boradi.

Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 133 mingta holat qayd etilgan, vafot etganlar soni 3,5 mingga yaqin.

Avvalroq Yevropaning yana bir davlati Daniya maktablar ochilishi va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha ayrim cheklovlar olib tashlanishi haqida e'lon qilgandi

Dushanba kunidan Ispaniyada zavodlar faoliyati tiklandi. Seshanba kunidan Italiyada do‘konlar ochildi.

Mavzuga oid