Jahon | 14:16
1321
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp tahdidlari fonida nemis harbiylari Grenlandiyani tark etdi

Bundesverning 15 nafar harbiy xizmatchisidan iborat guruhi yakshanba, 18 yanvar kuni Grenlandiyani tark etdi - bu Donald Tramp Germaniyani hududiy nizoda Daniyani qo‘llab-quvvatlagani uchun unga qarshi boj joriy etish bilan tahdid qilganidan keyingi kuni sodir bo‘ldi. Harbiylarning ketgani haqida bundesver operativ qo‘mondonligi vakili xabar berdi.

Foto: AP/Scanpix

“Razvedka missiyasi natija berdi, barcha mamnun, hozir Germaniyada uni baholash jarayoni ketmoqda”, — dedi u.

Harbiy missiya muddatidan oldin uzilganini rad etdi: “Razvedka rejaga muvofiq yakunlandi”, — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis harbiylari Reykyavikka uchib ketgan, u yerdan Kopenhagenga yo‘l oladi.

Deutschlandfunk radiosi eslatishicha, Germaniya Mudofaa vazirligi bundesverning Grenlandiyadagi razvedka missiyasi muddati 15–17 yanvar bo‘lganini bildirgan. Biroq shanba kuni u yerda missiyaning aniq davomiyligi oldindan qat’iy belgilanmagani ham qo‘shimcha qilingan.

Bild nashri hisob-kitobiga ko‘ra, bundesverning Grenlandiyadagi missiyasi 44 soat davom etgan. Nashr da’vo qilishicha, orolni tark etish buyrug‘i 18 yanvar ertalab Berlindan kelgan.

Avval Bild nemis askarlarining “maxfiy, shoshilinch ketishi” haqida yozgan, ammo keyinroq buni rad etib, Germaniya Mudofaa vazirligidan kelgan aniqlashtirishni keltirgan. Unga ko‘ra, 18 yanvar kuni harbiylar uchun Grenlandiya bo‘ylab qo‘shimcha safar rejalashtirilgan, lekin ob-havo sharoiti sabab u bekor qilingan. Shu bois harbiylar orolni tark etgan.

Mavzuga oid